Oʻtov (film)

2007-yilda rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratgan olingan drama janridagi oʻzbek filmi

Oʻtov — 2007-yilda rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratgan olingan drama janridagi oʻzbek filmi[1][2]. Yolqin Toʻychiyev ssenariysi asosida suratgan olingan filmda bosh rollarni Nozim Toʻlaxoʻjayev, Raʼno Shodiyeva, Aziz Rametov va Xayrulla Saʼdiyev ijro etgan[3].

Oʻtov
Rejissyor(lar) Ayub Shahobiddinov
Ssenariynavis(lar) Yolqin Toʻychiyev
Rollarda Nozim Toʻlaxoʻjayev
Aziz Rametov
Raʼno Shodiyeva
Xayrulla Saʼdiyev
Kinematografiya „Oʻzbekkino“ agentligi
Muharrir(lar) Ulugʻbek Abdusoatov
Studiya(lar) Yoshlar ijodiy „5-studiya“si
Chiqarilgan sanasi 2007-yil
Davomiyligi 77 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Suratga olish

tahrir

Filmni suratga olish ishlari Boysunda boʻlib oʻtgan. U yerdagi noqulay sharoitni koʻrgan Nozim Toʻlaxoʻjayev filmda suratga tushishdan bosh tortib, Toshkentga qaytib kelgan. Bir oydan soʻng filmni suratga olish boshlanmaganini bilib, vijdoni qiynalgan va suratga olish jarayonini qayta boshlash uchun Boysunga qaytib borgan. Nozim Toʻlaxoʻjayevning taʼkidlashicha, bu filmdagi ijro uni xalqqa tanitgan hisoblanadi[4].

Bosh rollardan birini ijro etgan aktyorlarning yana biri Aziz Rametov esa ushbu filmdagi rolini ijro etishdan avval rejissyor bilan birga giyohvandlar orasiga borib koʻrishgan, ularni kuzatib oʻrgangan[5] va rol ijrosida qiynalganini aytib oʻtgan[6]:

Bo‘ynimga qadar tuproqqa ko‘mib qo‘yishganida o‘lim hissini tuyganman. Juda qo‘rqinchli edi. Hatto, qo‘rqqanimdan ertasi kuni labimga uchiq ham toshib ketgandi.

Syujeti

tahrir

Ubaydullo va uning oʻgʻli Javohir togʻlar etagidagi oʻtovda istiqomat qilishadi. Uning bobosi Sovet hokimiyatidan agʻdarilgan, otasi esa xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilingan boʻladi. Ubaydullo namoz oʻqiydi, qoʻylarini boqadi va oʻgʻlini iloji boricha tashqi dunyodan himoya qilishga urinib, uni oliy oʻquv yurtida tahsil olishiga ruxsat bermaydi, armiyadan olib qoladi. Oʻgʻli esa otasining bu gʻamxoʻrliklarini yoqtirmaydi. Bu orada Javohirning yoqtirgan qizi boshqasiga turmushga chiqib ketadi. Bir kuni Javohir uyga televizor olib keladi, lekin otasi uni sindirib, koʻmib yuboradi. Javohir yashirincha armiyaga ketadi. Bu orada Ubaydullo Zaynab ismli soqov qizni oʻz nikohiga oladi va bir qancha vaqtdan keyin ular qiz farzandli boʻlishadi. Javohir oʻziga bir qancha illatlar (giyohvandlik) ortirib armiyadan qaytib keladi. Otasi Ubaydullo oʻgʻlining tuzatishga harakat qilib, uni yerga koʻmib qoʻyadi. Film oilani baxtli umrguzaronlik kechirishi bilan tugaydi.

Rollarda

tahrir

Bosh rollarda

tahrir

Epizodlarda

tahrir
  • Zamira Beshimova[9]
  • Raxshona Mahmudova — Ubaydullo va Zaynabning qizi;[10]
  • Sayfiddin Meliyev
  • Guli Rejametova
  • Laziz Musayev
  • Fidel Asqarxoʻjayev
  • Ravshan Norboyev
  • Abror Sharipov
  • Anvar Musayev
  • Anvar Xalilov
  • Muzaffar Malikov
  • Natalya Narziyeva

Manbalar

tahrir
  1. Daryo.uz. „Ra’no Shodiyeva 42 yoshda. Aktrisaning bir-birini takrorlamaydigan obrazlarda namoyon bo‘lgan filmlari (video)“ (2021-yil 12-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-iyull.
  2. „Утов“. Qaraldi: 12-iyun 2024-yil.
  3. UzbekFilmsHD (2018-10-20), O'tov (o'zbek film) | Утов (узбекфильм), qaraldi: 2024-07-12
  4. 4,0 4,1 Daryo.uz. „“Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim To‘laxo‘jayev 73 yoshda (foto, video)“ (2024-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  5. Daryo.uz. „Aziz Rametov: Oilaviy an’anani davom ettirib aktrisaga uylanmoqchi emasman“ (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  6. 6,0 6,1 Daryo.uz. „“Qaramlikdan qutilib, hayotni o‘zgartiraman” — liftda tug‘ilgan, rejissorlik qilgani uchun qamalgan va “Arslon izidan” sabab bor budidan ayrilgan Aziz Rametov 35 yoshda (foto, video)“ (2023-yil 13-iyun). Qaraldi: 12-iyul 2024-yil.
  7. Daryo.uz. „Bahrom Nazarov, Ra’no Shodiyeva va san’at uchun asl kasbidan voz kechgan boshqa mashhurlar (foto)“ (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  8. „Xayrulla Sa’diyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlandi“ (2020-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  9. Daryo.uz. „“Nojo‘ya takliflar sabab ko‘p rollar nasib etmagan” — Zamira Beshimova istalgan yo‘l bilan mashhurlikka erishmoqchi bo‘lgan aktrisalar haqida gapirdi (video)“ (2023-yil 29-avgust). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  10. Daryo.uz. „Foto: O‘zbekistonlik san’atkorlarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari“ (2022-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.

Havolalar

tahrir