Nuer
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nuer (oʻzlarini naas deb atashadi) — Janubiy Sudan (1,6 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari) va Efiopiyaning qoʻshni tumanlarida (100 ming kishi) yashovchi nilotlar guruhiga mansub xalq. Togonaas tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy eʼtiqodlarga amal qilishadi. Asosiy mashgʻulotlari — yaylov chorvachiligi (zebu, qoʻy, echki), dehqonchilik (makkajoʻxori, loviya, yer yongʻoq, kunjut, tamaki), terimchilik, ovchilik, baliq. ovlash. Hunarmandchilik sohalari — temirchilik, kulolchilik, terini qay-ta ishlash, palma barglarini toʻqish.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |