Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy (arabcha: نوح بن جناح المجرمي— Abu Abdulloh Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy) — Muhaddis. Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy X asrda Samarqandga qarashli Mojram qishlogʻida tugʻilgan.

Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti X asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Ustozi tahrir

Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy hadis ilmining sir-asrorlarini Qutayba ibn Said al-Bagʻloniy, Abu Alo Ismoil ibn Abdulloh al-Bagʻloniy, Abd ibn Hamid al-Kasiy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Shabavayh al-Marvaziy kabi muhaddis va roviylardan oʻrgangan hamda ulardan hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdlari tahrir

Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy Ahmad ibn Solih ibn Ujayf, Abu Nazar Muhammad ibn Ahmad ibn Hakm al-Bazzoz, Ibrohim ibn Hamdvayh al-Ishtixoniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Usom al-Qatvoniy kabi olimlar taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan[1].

Ilmiy safari tahrir

Manbalarda Nuh ibn Janoh al-Mojarmiy Bakr al-Mojrmiy va amakisining oʻgʻli muhaddis Asad ibn Ali ibn Tigʻril al-Mojarmiy, Nasr ibn Yasor ad-Dovadiy, Umar al-Mojarmiy, Sobir ibn Mutavakkil al-Mojarmiy, Shuayb ibn Kunjal al-Mojarmiy kabi oʻz zamonasining zabardast olimlari bilan ilmiy safarga chiqqani va 321/933 yilda Abu Ali at-Tamoriyning xonadonida mehmon boʻlgani hamda shu erda ilmiy suhbat boʻlgani taʼkidlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar tahrir

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 5. — Bayrut, 1998. 156.