Nuh Ibn Nasr, amiri Hamid, Abu Muhammad (? — Buxoro — 954) — Somoniylar davlatining amiri (943— 954), amir Nasr II ibn Ahmadning oʻgʻli. Otasi 30 yil hukmronlik qilgach, tiriklik paytida taxtni unga topshirgan (943 yil 10-aprel). Buxoro krzisi, fiqh ilmining bilimdoni Abulfazl Mar-vaziy (946 yilv.e.) uning vaziri boʻlgan. N.ibn N. mamlakatda keng yoyilgan qar-matiylar harakatini bartaraf etish choralarini koʻrgan. Movarounnaxrdagi bu harakat rahbari Muhammad ibn Ahmad Naxshabiyni Buxoroda dorga ostirdi. Biroq Somoniylar davlatining moliyaviy ahvoli ogʻirlashganligi uchun u soliq va turli tushumlarni koʻpaytirishga majbur boʻlgan. Mamlakatda isyon va gʻalayonlar kuchaygan. Narshaxiyning yozishicha, hatto uning ama-kisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Iroqdan kelib, Nishopur amiri Abu Ali Sagʻoniy yordamida Buxoro taxtini egallab olgan (947 yil). Oradan koʻp oʻtmay N.ibn N. Samarqanddan qaytib, taxtni qaytarib olgach, markaziy hokimi-yatga qarshi isyon koʻtargan qarindosh-urugʻlarini jazolagan, Marvdagi isyonlarni ham bostirgan. Ammo u Abu Alini avval Chagʻoniyon, soʻngra Xurosonga hokim qilib (652) tayinlashga majbur boʻlgan. Somoniylar davlati inqirozini toʻxtatishga harakat qilgan. Narshaxiy oʻzining "Buxoro tarixi" asari (943—944)ni unga bagʻishlagan. Ogʻir ka-sallikdan soʻng Buxoroda vafot etgan.

Adabiyot tahrir

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1993.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil