Nukleotidlar
Nukleotidlar, nukleozid-fosfatlar — nukleozidlarning fosforli efirlari. Nukleotidlar — nuklein kislotalar, kofermentlar va boshqa biologik faol birikmalarning tarkibiy qismidir. Ular tirik hujayrada erkin holda boʻlib, moddalar almashinuviaa muhim rol oʻynaydi. N. tarkibiga uglevod (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota va azot asoslari qoldiqlari kiradi. Adenin, guanin, gipok-santin, sitozin, uratsil va timinlar tabiatda keng tarqalgan purin va pirimidin asosli tabiiy N.dir.[1]

Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |