Nuqta
Nuqta (.) — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qadimiy tinish belgilaridan biri; XI asrda arab matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. XIX asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:
- darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda);
- orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroq boring. Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin);
- bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqartmalardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda nuqta qoʻyilmaydi;
- raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart);
- baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003-yil 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000-yil 14-avgust) va q.k.
Nuqta | |
---|---|
Unicode ichida | U+002E |
UTF-16 | 0x2E |
URL-kod | %2E |
Yana qara | |
Vergul |
Adabiyot
tahrir- Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |