Nuriddin Usmonovich Haydarov (1957.1.8, Oqqoʻrgʻon tumani – 2004.3.10, Toshkent) – estrada xonandasi. Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Shirali va jozibador ovoz sohibi. Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1978). Fargʻona viloyati (1980-1986) va Oʻzbek davlat (1986—1993) filarmoniyalarida yakkaxon xonanda. Toshkent Harbiy texnik bilim yurti qoshidagi ansamblning badiiy rahbari (1994—2002), Toshkent shahri Ichki ishlar Bosh boshqarmasida Maʼnaviyat markazining direktori (2002—04).[1]

Repertuaridan oʻzbek mumtoz va estrada qoʻshiqlari („Yulduzim“, „Nasibam“) hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar („Oʻzbekiston polvonlari“, „Ona“, „Senga“, „Qizlar“, „Sehri bor“ kabi) oʻrin olgan. „Doʻlana“, „Yur, muhabbat“, „Davlatim“ singari qoʻshiqlari ham ommalashgan. H. ijrolari Oʻzteleradiokompaniyasining fonotekasiga yozilgan. Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. H. xotirasiga bagʻishlab „SE—Profi“ kompaniyasi „Ayronchi qiz“, „Doʻlana“, „Yur, muhabbat“ audio albomlari va „Kuzgi kayfiyat“ video albomini chiqargan (2004).[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil