Nuristonilar (Nuristoniylar) — Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi qardosh qabilalar guruhi (kati vaygallar, ashkuni, prasun), 150 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari); Pokiston bilan qoʻshni tumanlarda (10 ming kishi) ham yashaydi. Nuriston tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar[1].

Nuristoniylar etnik jihatdan 8 ta mayda guruhlarni oʻz ichiga oladi. Bular sirasiga Ashkuni-Vamayi, Bashgali- Kati, Grangali, Kamviri, Malaxel, Vaigeli, Prasuni va Tregami kabilarni kiritishimiz mumkin. Ushbu guruhlarning oʻrtacha soni 120,000 dan 250,000 gachani tashkil qiladi, ammo til jihatdan mazkur guruhlar oʻrtasida tafovut mavjud. Misol uchun, guruhlardan ikkitasi hind-eroniy tillarning nuristoniylar oilasiga aloqasi boʻlmagan tillarda gaplashadi. Koʻpincha, bir guruhda gaplashadigan til, boshqa guruhlar uchun tushunarsiz boʻladi. Ularning biron bir tili yozma shakli mavjud emas. Geografik joylashuvi nuqtai nazardan, Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi Nuristoniy mintaqasining dastlabki aholisi sifatida koʻpchilik hali ham oʻsha yerda yashaydi. Nuristoniylarning aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechiradilar. Mazkur qabila erkaklari bir qismi yogʻoch va noqonuniy marvarid qazib olish korxonalarida ishlaydi[2].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Abdurahmonov Obidjon. AFGʻONISTON PUSHTUNLARI. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, “EFFECT-D”, 2021 — 100-bet.