Nurmuhammad Andalib
Nurmuhammad Andalib (1711-1770) — isteʼdodli oʻzbek adibi, dostonchilik taraqqiyotida alohida oʻringa ega.
Xivada tugʻilgan, Xiva va Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Munis va Ogaxiyning „Firdavsul-iqbol“, Bayoniyning „Xorazm shohiy“ asarlarida fikrlar bor.
Andalibning turkiy devoni va bir qancha dostonlari bizgacha yetib kelgan: „Zaynul-arab“, „Yusuf va Zulayho“, „Layli va Majnun“, „Oʻgʻuznoma“, „Sayyid Nasimiy“, „Saʼd Vaqqos“ va boshqalar. Andalib asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida 1392, 1169, 1198, 1387, 7054, 299, 6759, 1103, 6973, 6998, 1155, 1188, 6993, 1918 raqamlari ostida saqlanadi.
Andalib ijodiga munosabatda uni turkman shoir degan qarash ham mavjud, uning asarlari Turkmanistonda ham mashhur. Uning ijodi X.Koʻr oʻgʻli, V.Abdullaev, B.Axundov, A.Ulugʻberdiev, G.Nazarov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.
Nashr qilingan asarlari
tahrir- Andalib. Tanlangan asarlar. Ashxabad, 1963. (B.Axundov, A.Ulugʻberdiev nashrga tayyorlagan).
- Andalib. Yusuf va Zulayho. Ashxabad, 1973 (Geldi Nazarov nashrga tayyorlagan.)
- Oʻzbek adabiyoti. T.: 1959. 4-5-tom.
Adabiyot
tahrir- Kor-ogli. Uzbekskaya literatura. M.: Visshaya shkola, 1978.
- Oʻzbek adabiyoti tarixi. T.: Fan, 1978. B. 333-367.