Nurmuhammadbek
Nurmuhammadbek Qoʻshoqvoy hoji oʻgʻli — (1895—1983) — Fargʻonalik qoʻrboshi. Nurmuhammadbek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi[1].
Nurmuhammadbek qoʻrboshi | |
---|---|
Nurmuhammadbek Qoʻshoqvoy hoji oʻgʻli | |
Fargʻonalik qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1895-yil Fargʻona |
Vafoti | 1983-yil |
Qoʻrboshilik faoliyati
tahrirFargʻona vodiysida 9 mingtaqa qoʻmondonining sakkinchisi. Shermuhammadbek qoʻrboshining ukasi. 1918-yil Margʻilonda qizil armiyaga qarshi kurashlar olib borgan. U akasi Shermuhammadbekning asosiy oʻrinbosari sifatida janglarda faol ishtirok etgan. Nurmuhammadbek qoʻl ostida 23 nafar qoʻrboshi Yusufbek, Askarbek, Joʻrabek, Ahmad Polvon, Aliyorbek, Toʻxtasinbek, Qoraboy, Ergashbek va boshqalar faoliyat koʻrsatishgan. Shahobiddin Yassaviy Nurmuhammadbek toʻgʻrisida shunday taʼrif keltiradi: "Niyohat botir, yosh qahramon qoʻmondonlardan biri edi. Shermuhammadbekning birodaridir. Dushmanga qirgʻin bergan botir". Fargʻona vodiysidagi tinimsiz kurashlardan soʻng 1923-yilning boshida Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Afgʻonistonga oʻtib ketgan. 1923-yilning oʻrtalarida Nurmuhammadbek yana Fargʻona vodiysiga kelib istiqlolchilik harakatini davom ettiradi. U muhojirlik davrida AQSh, Avgʻoniston, Turkiya kabi davlatlarda istiqomat qiladi. Nurmuhammadbek 1983-yil 10-yanvarda Turkiyaning Adana shahrida 88 yoshida vafot etgan. 1921-yilning Nurmuhammadbek Muhiddinbek qoʻrboshining qiziga uylanadi. Uning katta oʻgʻli Abdulhamid SSSR hududida qolib ketgan boʻlib, sovet-fin urushida halok boʻlgan edi. Nurmuhammadbek 1930-yil Qobulda Sobirxon ismli qizga uylanadi. Undan ikki nafar farzand Surmaxon va Anvarbek dunyoga keladi. Nurmuhammadbek oʻgʻli bugungi kunda AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Boonton shahrida yashamoqda. Surmaxon esa amakisi Shermuhammadbekning oʻgʻli Davronbekka 1953-yili Qobulda turmushga chiqqqan boʻlib, u ham hozrgi kunda Boonton shahrida istiqomat qilmoqda. Nurmuhammadbek faoliyati davomida Turkiston milliy ozodligi uchun faol kurash olib boradi[2].