Nurota astragali — Samarqand va Navoiy viloyatlari Nurota togʻ tizmasida uchrovchi oʻsimlik. Ikki urugʻpallalilar sinfi Burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga mansub koʻp yillik oʻt oʻsimlik[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga endemik tur sifatida kiritilgan.

Nurota astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar

Botanik tavsifi

tahrir

Hayotiy shakli koʻp yillik. Ildizi oʻq ildiz tizimiga ega. Poyasi sershox va yogʻon, uzunligi 8-15 sm, ustki tomoni siyrak, xurpaygan tuk bilan qoplangan, tuklari vaqt o‘tgandan keyin toʻkilib ketadi. Barglarining soni 4—6 juft, yuqori qismi toʻmtoqroq, shakli teskari yuraksimon, uzunligi 1-2 sm, koʻproq poyaning yuqori qismida joylashadi. Gullari ikki uyli, changchili va urugʻchili gullar alohida oʻsimliklarda hosil boʻladi. Gulpopugi siyrak, 5-10 gulli. Gultojibargi och sariq rangli. Yakka-yakka holda oʻsadi. Mevasi ko‘pchilik burchoqdoshlarniki singari dukkak meva, uzunligi 10—20 mm, bir tomon uchi oʻtkir, usti siyrak, xurpaygan tuk bilan qoplangan. Urug‘i quloqsimon shaklda, ikki tomondan siqilgan, uzunligi 5 mm, sirti silliq, rangi toʻq jigarrang. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda pishadi. Urug‘i orqali jinsiy yoʻl koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish joylari

tahrir

Samarqand va Navoiy viloyatlari: Nurota togʻlarining Oqtogʻ tizmasida tarqalgan. Koʻproq togʻlarning oʻrta va pastki qismlarida, toshli yonbagʻirlar va qoyalarda oʻsadi[2]. Kamayib ketish sababi aniqlanmagan. Chorva mollarini koʻplab boqilishi natijasida oʻsish hududi kamaygan degan taxminlar bor. Oʻsimlik Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Astragalus nuratensis“.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi I qism, 2019 — 362-bet.