Nusratulla Jumaxoʻja
Nusratulla Jumaxoʻja — (1953, Gʻijduvon shahri) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1999), professor (2001).
Nusratulla Jumaxoʻja | |
---|---|
Tavalludi |
1953-yil 20-aprel Buxoro viloyati Gʻijduvon shahri |
Yoʻnalish | Adabiyotshunoslik |
Mukofotlari | Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi |
Faoliyati
tahrirToshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning oʻzbek filologiyasi fakultetini bitirgan (1975). Gʻijduvondagi 3-oʻrta maktabda oʻqituvchi (1975—1977), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida laborant, kichik, katta ilmiy xodim (1977—1994). Maʼnaviy va maʼrifiy jamoatchilik markazining „Milliy va umuminsoniy qadriyatlar“ boʻlimi mudiri (1994—1995), Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida Til va nutq madaniyati kafedrasi mudiri (1995—2001), Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) Oʻzbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasida professor (2001), mudir (2002—2003), oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida professor (2003-yildan).
Asarlari
tahrir„Poetik tasvirda peyzajning roli“ (1982), „Gʻoyiblar haylidan yongan chiroqlar“ (1994) va boshqa bir qancha kitoblar muallifi.
Mukofotlari
tahrirXalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1995)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 394-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |