Nusxa koʻchirish qurilmasi - 1) matnlarning asl nusxalari (originallar) dan nusxa (nusxalar) olinadigan qurilma. Eng keng tarqalganlari foto, yoruglik, ksero (elektr-foto), termo... va elektron Nusxa koʻchirish qurilmasiq. Bularning yordamida har xil oʻlchamli bir va bir necha nusxani koʻchirish mumkin;2) mashinasozlikda — metall kesish stanogining keskichi yoki zagotovka harakatini avtomatik boshqarib turadigan qurilma. Unda ishlanadigan buyumning shakli andaza, model, etalon yoki chizma yordamida berilgan buyum shakliga oʻxshab chiqadi. Nusxa koʻchirish kallagi, keskich oʻrnatiladigan kallak, ijro mexanizmidan iborat. Ijro mexanizmi bilan keskich orasidagi aloqa mexanik, elektr, gidravlik va boshqa usullar bilan amalga oshiriladi; 3) matbaada — bosma qoliplarni fotomexanik usulda tayyorlaydigan jihoz turi; 4) kinotexnikada — tasvir negativ" va fonogramma negatividan kinoplyonkaga pozitiv nusxa koʻchiradigan qurilma.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil