Nyaya (sanskritcha — mantiq) — hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni eʼtirof etadigan) tizimlardan biri. Hind faylasufi Gotama (taxminan miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) asos solgan. N. markazida bilish nazariyasi va mantiq masalalari turadi. Mantiqiy xulosa chiqarishning 5 qismli usulini ishlab chiqqan. N.ning mantiqiy realizmi uni vaysheshika atomistik taʼli-moti bilan yaqinlashib, birlashishga olib kelgan. Buddizm bilish nazariyasi (madxyamika)ning skeptitsizmiga karshi chiqqan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil