Nyu-xempshir (tovuq zoti)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nyu-xempshir — gusht va tuxum uchun boqiladigan tovuqzoti. 20-asr boshlarida AQSH (Nyu-Xempshir shtati)da Red-ayland tovuq zotidan tanlash yuli bilan yaratilgan. 1935-yilda Amerika mukammallik standartiga kiritilgan. Pati tillarang-sariq yoki och jigar-rang. Tovuklari tez yetiladi. Xoʻrozlarining vazni 3,2—3,5, tovuklariniki 2,6—2,7 kg, yiliga oʻrtacha 180—190 tuxum qiladi. Tuxumi vazni 60—62 g, puchogʻi sargʻimtir-jigarrang. Kupgina mamlakatlar (Germaniya, Gollandiya, AQSH)da N.-x. bilan Leggorn zotini chatishtirib, yiliga 280—310 dona tuxum qiladigan jigarrang patli krosslar yaratilgan (lomann-braun, xaylayn va boshqalar). Oʻzbekiston parrandachilik xujaliklarida lomannbraun krossi tovuqlariningtuxumlari keltirilib kupaytirilmoqda (2003).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |