Nyufaundlend va Labrador

(Nyufaundlend (Kanada)dan yoʻnaltirildi)

Nyufaundlend va Labrador (inglizcha: Newfoundland and Labrador, МФА: [njuːfaʊnˈlænd ənd ˈlæbrədɔr], fransuzcha: Terre-Neuve-et-Labrador, МФА(frans.): [tɛʁ.nœv e la.bʁa.dɔʁ]) - Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya. Atlantika okeani sohilida. Nyufaundlend o. va Labrador yarim orolning shim.-sharqiy qismida. Maydoni 405,2 ming km². Axrlisi 533,8 ming kishi (2012)[1], 54% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng katta porti — Sent-Jons shahri Nyufaundlend va Labradorning yer yuzasi sertepa tekislik. Dare va koʻl koʻp. Hududining katta qismi oʻrmon, shim. tundra. Xoʻjaligi eksport mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan. Temir rudasi, qoʻrgʻoshin, pyx va mis qazib olinadi. Sellyuloza-qogʻoz, neft kimyosi, transport mashinasozligi, oziq-ovqat (xususan, baliqni qayta ishlash) sanoatlari rsvojlangan. Qishloq xoʻjaligi yordamchi ahamiyatga ega. N.ga 11-asrda dastlab normannlar borgan. 1497-yilda u yerda ingliz ekspeditsiyasi boʻlgan. 1713-yildan Nyufaundlend va Labrador Angliya mustamlakasi. Mahalliy aholi (indeys va eskimoslar) juda kam qolgan. 1917-yildan dominion, 1949-yilning martdan Kanada tarkibidagi provinsiya.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Estimates of population, Canada, provinces and territories, 2012-10-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-16
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil