Nyufaundlend boʻrisi (Canis lupus beothucus) Nyufaundlendga xos boʻlgan kulrang boʻrining kenja turi edi. Ushbu tur oziq-ovqat manbasi sifatida Nyufaundlend kiyiklariga ov qilgan. Kuz va qishning boshlarida, baʼzi boʻrilarning moʻynasi oq rangga oʻzgargan, boshqalari esa qoramtir toʻq rangda qolgan.

Nyufaundlend boʻrisi
Bo'ri tulumi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus beothucus
Shimoliy Amerikada kulrang boʻrilarining tarixiy va hozirgi kundagi tarqalishi
Shimoliy Amerikada kulrang boʻrilarining tarixiy va hozirgi kundagi tarqalishi

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Nyufaundlend boʻrisi o‘rtacha kattalikdagi[2], uzunchoq boshli, oq mo‘ynali bo‘lgan. Uning melanistik turlari ham uchragan. Materikdagi qarindoshlariga nisbatan ichki qo‘shimcha tishlari burchaklari bilan ajralib turadi[3]. Uning oxirgi namunasi 1911-yilda o‘ldirilganligi xabar qilingan[1].

 
Bosh chanoq

Taksonomiya

tahrir

Nyufaundlend boʻrisi 2005-yilgi “Dunyo sutemizuvchilar turlari” (Mammal Species of the World) ilmiy manbasida Canis lupus turining bir turkumi sifatida tan olingan[4]. 1912-yilda Gerrit S. Miller Jr. Shimoliy Amerikada, xususan Missisipi daryosi va Gudzon ko‘rfazining g‘arbida hamda Platte va Columbia daryolarining shimolida uch xil bo‘ri turi mavjudligini aniqladi: o‘rmon bo‘risi, dasht bo‘risi va tundra bo‘risi[5].

So‘nggi ko‘rishlar

tahrir

2019-yilda Nyufaundlendda ovchi bir bo‘rini koyot deb adashib otib tashlagan[6]. DNK tahlillari bu bo‘rini va Nyufaundlendda topilgan ikkinchi bo‘rini Labrador bo‘risi ekanligini ko‘rsatdi. Bu turdagi bo‘rilar qo‘shni Labrador hududida ko‘pincha uchraydi. Ammo Nyufaundlendda juda ham kamdan-kam uchraydi[7].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Allen, Glover M „Newfoundland wolf“, . Extinct and vanishing mammals of the western hemisphere with the marine species of all the oceans. American Committee for International Wild Life Protection, 1942 — 205–206-bet. OCLC 602905667. 
  2. Mech, L. David. The Wolf: The Ecology and Behavior of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — 352-bet. ISBN 978-0-8166-1026-6. 
  3. Allen, Glover M.; Barbour, Thomas (May 1937). "The Newfoundland Wolf". Journal of Mammalogy 18 (2): 229. doi:10.2307/1374474. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_1937-05_18_2/page/229. 
  4. Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 575–577-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494.  beothucus, s. 576, Google Booksda
  5. Allen, Glover M.; Barbour, Thomas (1937). "The Newfoundland Wolf". Journal of Mammalogy 18 (2): 229–234. doi:10.2307/1374474. https://archive.org/details/sim_journal-of-mammalogy_1937-05_18_2/page/229. 
  6. „The Newfoundland Wolf is Back“. Whale House (2019-yil 4-fevral).Andoza:Self-published inline
  7. „DNA samples prove 2nd wolf in Newfoundland“. CBC News (2012-yil 23-avgust).

Qoʻshimcha adabiyotlar

tahrir
  • Bergerud, Arthur T. (1971). "The Population Dynamics of Newfoundland Caribou". Wildlife Monographs (25): 3–55. 
  • Bergerud, Arthur Thompson (1969). The population dynamics of Newfoundland caribou (Thesis). doi:10.14288/1.0104108. hdl:2429/35483.