NYUKOM (Nyukomb, Newcomb) Saymon (Simon) (1835.12.3, Uollis, Yangi Shotlandiya — 1909.11.7 Vashington) — amerikalik astronom. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1869), London qirollik jamiyati aʼzosi (1877), Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1896). Garvard universitetini bitirgan (1858) Asli kanadalik, 1853-yil AQSH ga koʻchib oʻtgan. Asosiy ilmiy ishlari katta sayyoralar harakatini oʻrganishga, astronomik doimiylarni aniqlashga, yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilab beruvchi kataloglar tuzishga oid. Aberra-sion vaqt, nutatsiya va pretsessiya doimiylarining N. tomonidan topilgan son qiymatlari hozir ham qoʻllanadi. N. mohir fan targʻibotchisi ham boʻlgan. Uning mashhur "Umumiy maʼnodagi astronomiya", "Hammabop astronomiya" kitoblari nashr qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil