Nyusha
Nyusha Vladimirovna Shurochkina[1] (tugʻilgandagi ismi – Anna[2][3]; 1990-yil 15-avgust, Moskva), Nyusha taxallusi bilan tanilgan – rossiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, bastakor, aktrisa, dublyaj aktrisasi. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist (2023). „MTV Europe Music Awards“, „Oltin grammofon“, „Pesnya goda“, „Jara Music Awards“, „Muz-TV“, „RU.TV“, „MusicBox“, „GLAMOUR. Jenshina goda“, „Woman.ru“, „Fashion People Awards“ mukofotlari sohibasi. 2008-yilgi „Novaya volna“ xalqaro tanlovining gʻolibasi.
Nyusha Нюша Владимировна Шурочкина | |
---|---|
Nyusha Sankt-Peterburgdagi Big Love Show 2018 ko‘rgazmasida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Анна Владимировна Шурочкина 15-avgust 1990-yil |
Janrlar | pop, Contemporary R&B |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi, bastakor, aktrisa, dublyaj aktrisasi. |
Faoliyat yillari | 2007-hozirgacha |
Leybllar | Gala Records (2010-yildan), Pervoe muzikalnoe izdatelstvo (2012-yildan) |
Fuqaroligi | Rossiya |
Turmush oʻrtogʻi | Igor Sivov |
Veb-sayt | http://nyusha.ru/ |
Hayoti
tahrirNyusha 1990-yil 15-avgustda musiqachilar oilasida tugʻilgan. Otasi Vladimir Vyacheslavovich Shurochkin (1966-yil 12-aprel) – „Laskovy May“ musiqiy guruhining sobiq aʼzosi, xonandaning boʻlajak prodyuseri. Onasi Irina Vladimirovna Shurochkina yoshligida rok guruhida qoʻshiq kuylagan. Anna ikki yoshga toʻlganda, ota-onasi ajrashishdi, lekin otasi qizi bilan koʻp vaqt oʻtkazdi[4]. Nyushaning singlisi Mariya Shurochkina – Olimpiya chempioni va sinxron suzish boʻyicha sakkiz karra jahon chempioni[5]. Triking bilan shugʻullanadigan ukasi ham bor – Ivan Shurochkin.
Nyusha birinchi marta studiyaga besh yoshida kirgan va „Pesenku bolshoy medveditsi“ ni yozgan. Pianino, oʻz eʼtirofiga koʻra, unchalik yaxshi emas[6]. U bolaligida Tailand boksi bilan ham shugʻullangan[7]. 11 yoshida „Grizli“ guruhi tarkibida sahnada chiqish qila boshlagan. Jamoa Rossiya va Germaniyada gastrol safarlarida boʻldi[8]. Nyushaning birinchi qoʻshiqlari ingliz tilida yozilgan[9]. Sport gimnastikasi boʻyicha sport ustasi Oksana Shurochkina Nyusha bilan raqs va sahna mahorati bilan shugʻullangan[10].
17 yoshida u oʻz ismini rasman Nyushaga oʻzgartirdi.
Shaxsiy hayoti
tahrir2017-yil yanvar oyida Nyusha Igor Sivov bilan unashtirilganini eʼlon qildi[11][12]. Oʻsha yilning iyul oyida qoʻshiqchi birinchi farzandini kutayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi[13][14]. 2018-yil 6-noyabrda qoʻshiqchi qiz farzand dunyoga keltirdi. Unga Serafima-Simba Sivova deya ism berishdi[15][16][17]. Tugʻruq Mayamidagi nufuzli klinikada oʻtkazildi. 2021-yil 21-iyulda aktrisa ikkinchi homiladorligini eʼlon qildi[18]. 2021-yil 14-dekabrda Nyusha ikkinchi marta ona boʻldi – qoʻshiqchi oʻgʻil tugʻdi. Tugʻruqlar Dubaydagi klinikada oʻtkazildi[19]. 2022-yil iyul oyida aktrisa oʻgʻlining ismi Saffronni oshkor qildi[20]. 2024-yil 24-mayda Nyusha Igor Sivov bilan nikohini bekor qilish uchun sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi[21].
Manbalar
tahrir- ↑ „Реестр произведений российских правообладателей | OBЩYeROSSIYSKAYa OBЩYeSTVYeNNAYa ORGANIZATsIYa „ROSSIYSKOYe AVTORSKOYe OBЩYeSTVO“ (RAO)“ (ru). 2021-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Певица Нюша Шурочкина, биография“. 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „Новости Германии на русском языке“ (ru-RU). GERMANIA.ONE. Qaraldi: 2024-yil 2-oktyabr.
- ↑ Алла Жидкова. „Нюша: «У нас подряд: папа, мама и папина жена» (стр. 7)“. 7dn.ru (2011-yil 29-iyul). 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ Ольга Быстрых. Нюша и сестра // Ст.М. — 2010. — № 11. Архивировано 26 sentyabr 2013 года.
- ↑ Мария Гавриленко. „В Омске Нюша призналась, что очень хочет детей“. РИА ОмскИнформ (2011-yil 2-may). 2012-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ „Нюша Шурочкина - Россия“ (deadlink). jurmalaonline.com. 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ Алла Жидкова. „Нюша: «У нас подряд: папа, мама и папина жена» (стр.2)“. 7dn.ru (2011-yil 29-iyul). 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ Алла Жидкова. „Нюша: «У нас подряд: папа, мама и папина жена» (стр.3)“. 7dn.ru (2011-yil 29-iyul). 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ Алла Жидкова. „Нюша: «У нас подряд: папа, мама и папина жена» (стр.8)“. 7dn.ru (2011-yil 29-iyul). 2012-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ Софья Тарабан. „Певица Нюша выходит замуж“. ElleGirl (2017-yil 25-yanvar). 2017-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ Александра Трубчикова. „Представитель 26-летней Нюши рассказал, когда состоится пышная свадьба певицы“ (ru). Cosmopolitan (2017-yil 14-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „26-летняя Нюша ждет первенца“. Вокруг ТВ. 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
- ↑ „Нюша отреагировала на слухи о беременности“. StarHit (2017-yil 23-iyul). 2017-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
- ↑ „Эксклюзив! Нюша родила первенца в Майами“. 7days.ru (2018-yil 6-noyabr). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
- ↑ „Нюша впервые заявила, что у ее 2-летней дочери двойное имя“ (en). Вокруг.ТВ. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ „Певицу Нюшу раскритиковали в Сети за странное имя дочери“ (ru). gazeta.a42.ru. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ „Нюша официально объявила о второй беременности“ (ru). m24.ru (2021-yil 21-iyul). 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Певица Нюша родила второго ребёнка 19 декабря 2021 года | Nijegorodskaya pravda“. 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Нюша больше не скрывает необычное имя сына“. starhit.ru (2022-yil 8-iyul). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
- ↑ „Певица Нюша подала иск о расторжении брака с мужем“. РИА «Новости» (2024-yil 27-may). 2024-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-may.