Nyuton halqasi - shisha plastinkaning yassi sirtiga tegib turgan yassiqavarik, linzadan oʻtayotgan yorugʻlikning qaytishi (sinishi) dan hosil boʻlgan interferension halqasimon yoʻllar. Birinchi marta 1675-yilda I. Nyuton kashf qilgan. Halqalar diametri kattalashgan sari ularning zichligi ortadi va halqalar polosasi kengligi, yaʼni ikki qoʻshni halqa orasidagi masofa kichiklashadi (1-rasm). Nyuton halqasi maxsus mikroskopda kuzatilgan.

Mikroskop stolida yassi shisha plastinka joylashgan, uning ustiga egriligi kichik qavariq linza qoʻyilgan. Mikroskopda shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar yoʻnalishda kuzatish olib boriladi. Manba L dan chiqayotgan yorugʻlik shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar tushishi uchun MM shisha plastinkani mikroskop oʻqiga 45° burchak ostida qoʻyiladi. Shunday qilib, interferension manzara shu shisha plastinkadan kuzatiladi. Plastinka Nyuton halqasini kuzatishga xalaqit bermay-di, chunki undan yetarli darajada yoruglik oʻtadi. Nyuton halqasi sferik va yassi sirtlarning shaklini toʻgʻrilashni tekshirish va boshqalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil