O'rmonlarni qisqartirish
Oʻrmonlarni qisqartirish yoki oʻrmonsizlantirish deganda, yerdan oʻrmon yoki daraxtzorni olib tashlash va yoʻq qilish, keyinchalik oʻrmondan tashqari foydalanishga aylantiriladi[1]. O'rmonlarni qisqartirish o'rmon yerlarini fermer xoʻjaligiga, fermaga yoki shahar foydalanshiga aylantirishni o'z ichiga olishi mumkin. Hozirgi vaqtda yeryuzasining taxminan 31% o'rmonlar bilan qoplangan[2].Bu qishloq xo'jaligi kengayishidan oldingi o'rmon qoplamining uchdan bir qismiga teng.Bu yo'qotishlarning yarmi o'tgan asrda sodir bo'lgan[3]. Har yili 15 milliondan 18 million gektargacha bo'lgan o'rmonlar, Bangladeshning kattaligidagi maydonlar vayron bo'ladii. Har daqiqada o'rtacha 2400 ta daraxt kesiladi[4].Hisob-kitoblar tropiklar hudularda oʻrmonlarning kesilishi darajasiga qarab turlicha[5][6]. 2019-yilda nam tropik o'rmonlardagi umumiy daraxt qoplamining uchdan bir qismi yoki 3,8 million gektar maydonni yo'qotildi. Bu o'rmonlar biologik xilma-xillik va uglerodni saqlash uchun ayniqsa muhim bo'lgan asosiy tropik o'rmonlardir.[7][8]
Ko'pgina o'rmonlarning kesilishining asosiy sababi qishloq xo'jaligidir. [9]2018-yilda oʻrmonlarning 80% dan ortiq qismi qishloq xoʻjaligi uchun kesildi.[10] O'rmonlar qahva, palma yog'i, kauchuk va boshqa mahsulotlar uchun plantatsiyalarga aylantirilmoqda.[11] Chorvachilikham o'rmonlarning kesilishiga olib keladi. Keyingi sabablaridan biri- yog'och sanoati (yog'och kesish), urbanizatsiya va tog'-kon sanoatidir. Iqlim o'zgarishining oqibatlari o'rmon yong'inlari xavfi ortishining yana bir sababidir (shunigdek qarang, Iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri).
O'rmonlarning kesilishi hayvonlarning yashash muhitini yo'q bo'lishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida biologik xilma-xillikning yo'qolishiga olib keladi. O'rmonlarning kesilishihayvonlar va oʻsimliklarning yo'q bo'lib ketishiga, mahalliy iqlimning o'zgarishiga va o'rmonlarda yashovchi mahalliy aholining ko'chishiga olib keladi. O'rmonlar kesilgan hududlar ko'pincha choʻllanish va tuproq eroziyasi kabi boshqa ekologik muammolardan aziyat chekmoqda.
Yana bir muammo shundaki, o'rmonlarni kesish atmosferadan karbonat angidridni (uglerod dioksid) o'zlashtirilishini kamaytiradi. Bu o'rmonlarning iqlim o'zgarishini yumshatishga qo'shayotgan hissasini pasaytiradi. O'rmonlarning uglerodni o'zlashtirish va qayta ishlashi va iqlim o'zgarishini yumshatishdagi roli qishloq xo'jaligi sektorlari uchun ham juda muhimdir. Bu bog'liqlikning sababi iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligiga ta'siri global oziq-ovqat tizimlari uchun yangi xavflarni keltirib chiqarishi bilan bog'liq.[12]
1990-yildan buyon o'rmon hudularidan foydalanish natijasida 420 million gektarga yaqin oʻrmon yoʻqolganligi taxmin qilinmoqda, garchi soʻnggi oʻttiz yil ichida oʻrmonlarni kesish darajasi pasaygan bo'lsada. 2015-2020-yillar oralig‘ida o‘rmonlarni kesish darajasi yiliga 10 million gektar deb baholandi, bu 1990-yillardagi 16 million gektardan kamaygan. 1990-yildan beri butun dunyo boʻylab birlamchi oʻrmonlar maydoni 80 million gektardan koʻproqqa qisqardi. 100 million gektardan ortiq oʻrmonlarga oʻrmon yongʻinlari, zararkunandalar, kasalliklar, invaziv turlar, qurgʻoqchilik va noqulay ob-havo hodisalari salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.[13]
Manbalar
tahrir- SAFnet Dictionary|Definition For [deforestation]
- "On Water"
- Land Use, Land-Use Change, and Forestry
- "The world lost a football pitch-sized area of tropical forest every six seconds in 2019"
- "We Lost a Football Pitch of Primary Rainforest Every 6 Seconds in 2019"
- "We Lost a Football Pitch of Primary Rainforest Every 6 Seconds in 2019"
- "Tropical forest loss eased in 2023 but threats remain, analysis shows"
- "Earth system impacts of the European arrival and Great Dying in the Americas after 1492"