O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish - kishi o'zining umumiy salomatligini ta'minlashi, mustahkamlashi va kasalliklarni yengib o'tish uchun imunitet hosil qila olishidir[1]. Biz har kuni bajaradigan oziq-ovqat tanlovlari, sport mashqlari, uyqu, mutolaa va tishlar parvarishi kabi odatiy harakatlar ham o'z-o'ziga parvarish qilishning bir turi hiisoblanadi[1]. O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish yakka, shaxsiy faoliyat bo'lishiga qaramay, jamiyat ham o'z salomatligi uchun mas'ul bo'lgan shaxslar guruhlaridan manfaatdordir .

O'z-o'zini parvarish qilish
</img>
Yurish salomatlikni saqlash uchun foydalidir.
MeSH D012648

Sog'lomlik darajasi ijobiy holda bo'lganda muntazam ravishda o'z-o'zini parvarish qilish muhim, ammo kasallik paydo bo'lganda o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ahamiyati yanada ortadi[2] [3]. Kundalik tarzda o'z-o'zini parvarish qilish imunitetning kasalliklarga qarshi chidamli bo'lishi, ruhiy salomatlik va turmush sifatini yaxshilanishiga olib keladi[4] [5] [6] [7]. O'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish jarayoni hammada har xil kechadi. Ushbu jarayon butun dunyo bo'ylab sog'liqni saqlash xarajatlarining global o'sishiga qisman yechim sifatida qaraladi. [8]

Shaxsiy salomatlik, gigiena va yashash sharoitlari nuqtai nazaridan shaxsiy sog'lik darajasiga befarqlik o'z-o'ziga beparvolik deb ataladi. Bunday hollardan Shaxsiy parvarish bo'yicha xizmatchilarning yordamidan foydalanish mumkin. Hozirgi kunda bunday turdagi xizmat faoliyatlaridan foydalanish bilan bog'liq holatlar kundan-kunga ortib bormoqda[9].

Lorig va Xolman tomonidan asos solingan o'z-o'zini parvarish qilish va o'z-o'zini boshqarish atamalari o'rtasida yaqin o'xshashlik mavjud[10]. O'zlarining asosiy maqolalarida ular o'z-o'zini boshqarishning uchta vazifasini ta'kidlaydilar: tibbiy boshqaruv, rollarni boshqarish va hissiy boshqaruv; va oltita o'z-o'zini boshqarish qobiliyati: muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish, resurslardan foydalanish, qabu qiluchi va ta'minlovchi hamkorligini shakllantirish, harakatni rejalashtirish va o'z-o'zini moslashtirish[10].

Tarixi tahrir

So'nggi yillarda o'z-o'ziga g'amxo'rlik tushunchasiga e'tibor kuchaygan bo'lsa-da, kelib chiqishi qadimgi davrlarga borib taqaladi[11]. Sokrat qadimgi Yunonistonda o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish harakatiga asos solgan deb hisoblangan. Ma'lumot o'rnida shaxsiy va ijtimoiy g'amxo'rlik yer yuzida odamlar paydo bo'lganidan buyon mavjud bo'lgan[12][13].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Alexander Segall „Exploring the Correlates of Self Provided Health Care Behaviour“,. Health and Canadian Society: Sociological Perspectives Coburn: . University of Toronto Press, 1998 — 279–280 bet. ISBN 978-0-8020-8052-3. 
  2. „Self-care: What is it? Why is it so important for your health?“ (en-US). UAB News. Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  3. „Self-care interventions for health“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  4. Jonkman, Nini H.; Schuurmans, Marieke J.; Groenwold, Rolf H.H.; Hoes, Arno W.; Trappenburg, Jaap C.A. (2016) "Identifying components of self-management interventions that improve health-related quality of life in chronically ill patients: Systematic review and meta-regression analysis" Patient Education and Counseling 99 (7): 1087–1098 PMID 26856778. 
  5. Jonkman, Nini H.; Schuurmans, Marieke J.; Jaarsma, Tiny; Shortridge-Baggett, Lillie M.; Hoes, Arno W.; Trappenburg, Jaap C.A. (2016) "Self-management interventions: Proposal and validation of a new operational definition" Journal of Clinical Epidemiology 80: 34–42 PMID 27531245 http://urn.kb.se/resolve?urn=urn:nbn:se:liu:diva-134090. 
  6. Jonkman, Nini; Westland, Heleen; Trappenburg, Jaap CA; Groenwold, Rolf HH; Bischoff, Erik WMA; Bourbeau, Jean; Bucknall, Christine E.; Coultas, David et al. (2016) "Do self-management interventions in COPD patients work and which patients benefit most? An individual patient data meta-analysis" International Journal of Chronic Obstructive Pulmonary Disease 11: 2063–2074 PMID 27621612. 
  7. World Health Organization. „WHO consolidated guideline on self-care interventions for health“. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  8. Eze, Nkiruka D.; Mateus, Céu; Cravo Oliveira Hashiguchi, Tiago (2020) "Telemedicine in the OECD: An umbrella review of clinical and cost-effectiveness, patient experience and implementation" PLOS ONE 15 (8): e0237585 PMID 32790752. 
  9. Sterling, Madeline R.; Barbaranelli, Claudio; Riegel, Barbara; Stawnychy, Michael; Ringel, Joanna Bryan; Cho, Jacklyn; Vellone, Ercole (2020) "The Influence of Preparedness, Mutuality, and Self-efficacy on Home Care Workers' Contribution to Self-care in Heart Failure" Journal of Cardiovascular Nursing 37 (2): 146–157 PMID 33315614. 
  10. 10,0 10,1 Lorig, Kate R.; Holman, Halsted R. (August 2003) "Self-management education: History, definition, outcomes, and mechanisms" (en) Annals of Behavioral Medicine 26 (1): 1–7 ISSN 0883-6612 PMID 12867348 https://academic.oup.com/abm/article/26/1/1-7/4630312. 
  11. Harris, Aisha. „A History of Self-Care“ (en-US). Slate (2017-yil 5-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  12. Taylor, C. (2019). A brief history of self-care, and the OG (original guru), Socrates. https://mashable.com/article/self-care-history
  13. „The Ideas of Socrates“ (en-US) (2015-yil 27-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.