Milliy qo'shiqlar-har bir joyning jug'rofiy tuzilishi,iqlimiga,urf-odatlariga,o'tkaziladigan marosimlariga monand tarzda o'sha yurtning turli yoshdagi vakillari tomonidan yaratiladi va ijro etiladi.Xalq qo'shiqlari juda qadimiy tarixga ega.Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo'lgan.Qo'shiqlarda xalqning orzu-umidlari,zavq-shavqi,quvonch va iztiroblari mujassamlashgan.Xalq qo'shiqlarida ko'pchilikning his-tuyg'ulari umumlashtilgan holda yakka shaxs kechinmalari orqali aks ettiriladi.Xalq qo'shiqlari kundalik hayotni bezovchi ko'ngil mulki deb ham aytiladi.Xalqlar o'z quvonchini,shodligini va g'am-hasratini aynan qo'shiqlarda namoyon etgan lirik qo'shiqlar,termalar,yillar davomida sayqallanib bizgacha yetib kelgan va hozir ham ijro etiladi.

"......kuy-qo'shiqqa san'atga muhabbat,musiqa madaniyati xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi.Uyida dutor,doira yoki boshqa cholg'u asbobi bo'lmagan,musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin desak mubolag'a bo'lmaydi"

O'zbek milliy qo'shiqlari

tahrir

O'zbek xalq ijodiyotining san'ati ko'p qirrali va xilma - xil janrlarga boy. O'z shakllariga muvofiq ashula va cholg'u asbob kuylari ikki quruhdan iborat: belgilangan vaqt va vaziyatlarda ijro etuvchi va har qanday vaqtda ijro etuvchi. Birinchi guruhga urf-odat, mehnat jarayoni, turli marosimlar, sahnalashtirilgan tomosha namoyishlar va o'yinlarga tegishli bo'lgan ashulalar kiradi.

O'zbek xalqi o'z musiqasi bilan mashhurdir. Qoshiq – she'riy matnning dir yoki ikki baytni qamrab oluvchi katta bo'lmagan kuy bilan tuzilgan kuplet ashulasidir. Shu jumladan, qo'shiq turlari bilan bir qatorda kupletli tuzilgan ashulalar bo'lgan "lapar" hamda "yalla" sana'ti mavjud. Mazkur kuyning raqsga tushuvchi sana'tining janri xazil raqsni ijro etishda ko'zda tutilgan. Lapar – bu ashula so'zlashuvidir. Xorazmda ashulalarni-yakka tartibga ijro etuvchi ijrochilar deb ataladi. Ayrim tumanlarda "lapar" atamasi to'y bazmlarda "Ulan" qo'shig'i (ayollar va erkaklar so'zlashuvi sifatida ijro etiladi) qoʻllanadi. "Yalla" janri ikki turli ashulalardan iborat: qisqa diapazonli kuyi, qo'shiq esa – raqs bilan bir vaqtda yakka tartibda ijro etish.

Qo'shiqlarning she'riy matnlar Sharq shoirlarining xalq va kasbiy she'riyatlari qoʻllanadi. Ashulalarning yanada rivojlangan namunalari mohiyati bo'yicha og'zaki urf-odatlarning professional musiqasi hisoblanadi. O'zbek musiqiy meroslaridagi asosiy joyini-badiiy nutq tarzida hikoya rivoyatlarni ifodali etuvchi-doston asari egallaydi.

Raqslar O'zbekistonnig turli hududlarida bir-biridan farq qiladi. Farg'ona raqsi o'zgacha mayinligi, xarakatlarning ravonligi va ifodaliligi, siljish qadamlarining engilligi, joylarda va aylanishlarda o'zga xos xarakatlari bilan ajralib turadi. Xorazm va Buxoro viloyatlarda qayroqlar bilan raqsga tushiladi.

Xalq qo'shiqlari turlari

tahrir
xalq qo'shiqlarining turlari
Marosim qo'shiqlari Mehnat qo'shiqlari Bolalar qo'shiqlari
Yor-yor Xo'p hayda Boychechak
Kelinsalom Maydagul Chittigul
Kuyovsalom Xo'sh-xo'sh Oq terakmi ko'k terak

== Xalq qo'shiqlaridan

Qozon to'la ayrondir,

Ayroningdan bermasang,

Qozon tovog'ing vayrondir.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Boychechakni tutdilar,

Tut yog'ochga osdilar.

Qilich bilan chopdilar,

Baxmal bilan yopdilar.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Bu qo'shiqda asosan boychechak ijobiy obraz hisoblanadi.U yoshlik va jo'shqinlik ramzidir.Bolalarning bahor faslidagi birinchi qo'shig'i.Qo'shiq matnidagi ''boychechakni tutdilar tut yog'ochga osdilar'' ma'nosiga e'tibor qilaylik.Ma'lumki tut daraxti mevasi sevib iste'mol qilinadi.Uning tanasidan taroq,bola uchun beshik yasashadi.Boychechak xalq orasida ramziy ahamiyatga ega bo'lib,unda chuqur ma'no bor.Boychechak xalq orasida mehnatkash inson ramzi sifatida ham ko'riladi ya'ni o'z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishgan inson nazarda tutiladi.

Yaratuvchilar

tahrir

O'zbekiston Respublikasi Prezidant ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-A sinf o'quvchilari Otajonov Otajon va Setmamatov Beknazar

Manbaalar

tahrir
  1. http://madaniyat2.blogspot.com/2009/07/milliy-qoshiqchiligi.html
  2. Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch".-T.: "Ma'naviyat" 2008-yil.141-bet.
  3. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik majmua. 2-qism Toshkent-2017 23-30-betlar