O'zbekiston maktablarida yangi baholash tizimi

Saahifa yaratuvchisi : Oybekov SHoxro'zbek SHohruhbek o'g'li

Manba :

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar joriy etiladi:

umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;

yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilarga Davlat budjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibi.

Toshkentdagi va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi bir qator maktablarda tajriba tariqasida o‘quvchilar bilimini baholashning 5 ballik tizimi o‘rniga mezonga asoslangan — 100 ballik baholash tizimi joriy etildi.

Ota-onalar uchun ijtimoiy tarmoqda ochilgan guruhlardan biridagi suhbatda shunday deb yozishmoqda: “Men shuni tushundimki, pedagoglardan hech biri bu tizimni bilmaydi. Chorak oxiriga yetyapti, hech kimning parvoyiga kelmayapti. Butun chorak davomida bajarilgan uy vazifalari va sinf ishlari uchun faqat 10 ball berilyapti. Uyda bajarish uchun esa kam narsa berishmaydi. Biznikilar tungi birgacha dars qilib o‘tiradi, oxir-oqibat o‘qituvchi „sm“ („ko‘rildi“ — tahr.) deb yozib, imzo qo‘yadi”.

“eMaktab” platformasida mezon asosida baholash tizimi boʻyicha oʻqituvchilar uchun kurs taqdim etildi

26 oktabr 2023

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda bosqichma-bosqich mezon asosida baholash tizimi joriy etilmoqda. “eMaktab.Smart” platformasida taqdim etilgan kurs Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi “Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-markazi” ko‘magida yaratildi. O‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun o‘qish bepul bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra sertifikat beriladi.

“Tajriba sinov tariqasida formativ va summativ baholash tizimi joriy etiladi. Bunday baholash tizimi va tanlov fanlari ham prezident maktablarida o‘zining samarasini ko‘rsatdi. Prezident maktablaridagi ilg‘or tajribani umumta’lim maktablarga ham joriy qilish maqsadida maktablarga tanlov va yangi baholash tizimiga o‘tilmoqda”, - deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quv jarayoni va darsliklarni metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Dilshoda Norboyeva.

Sahifa yaratuvchisi : Oybekov SHoxro'zbek SHohruhbek o'g'li

Tashakkur bildiraman : Nargiza Yusupova (onam) ga