Oʻzbekistondagi yahudiylar tarixi

Oʻzbekistondagi yahudiylar tarixi ikki xil jamoalar tarixiga ishora qiladi yaʼni koʻproq diniy va anʼanaviy Buxorolik yahudiylar jamiyati va Yevropadan olingan Ashkenazilar jamoasidir.

Yahudiy bolalari Samarqandda oʻz ustozlari bilan. Fotosurat Sergey Prokudin-Gorskiy tomonidan 1909-1915-yillarda olingan.

1989-yilda Oʻzbekistonda 94,900ga yaqin yahudiy boʻlgan[1], lekin 2007-yilda 5000 dan ham kamroq qismi qolgan (ularning aksariyati Toshkentda yashaydi).[2]

Oʻzbekistonda ularning 12 ta sinagogasi mavjud.

Buxoro sinagogasining ichki qismi

Buxorolik yahudiylarning asosan Isroil va AQShga koʻchib ketishi sababli oʻzbek yahudiylarining aksariyatidan endi Ashkenaziylar qolgan.  

Fargʻona yahudiy jamoasi

tahrir

Semyon Abdurahmonov — Fargʻona yahudiylari jamiyati rahbari boʻlgan. Vodiyda ularning oltita sinagogasi bor. Fargʻona, Namangan va Qoʻqonda bir necha yuzlab yahudiylar yashaydi, ular bu hududda jami 800 ga yaqinni tashkil qiladi. Abdurahmonovning aytishicha, yahudiy oʻzbeklar jamiyati duch kelayotgan eng katta muammo iqtisodiy muammodir.

2005-yil may oyida Andijon qirgʻini paytida Isroilning Toshkentdagi elchixonasi Abdurahmonovdan „agar odamlarni Isroilga havo orqali olib ketish zarurati tugʻilsa“ yahudiylar roʻyxatini tuzishni soʻradi.

Tarixiy demografiya

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192637 896—    
193950 676+33.7%
195994 488+86.5%
1970103 058+9.1%
1979100 067−2.9%
198995 104−5.0%
20026 000−93.7%
20104 500−25.0%

Oʻzbekistondagi (oʻsha paytda Oʻzbekiston SSR deb atalgan) yahudiy aholisi 1926—1970-yillar oraligʻida qariyb uch baravar koʻpaydi, keyin 1970—1989-yillarda asta-sekin kamaya boshladi, soʻngra kommunizmning qulashi oqibatida 1989-yildan buyon ancha tez pasayish kuzatildi. Sovet davridagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1970-yilda Oʻzbekistonda 103 ming yahudiy boʻlgan.[3]

1989—2002-yillarda Oʻzbekistondagi yahudiylarning toʻqson foizdan ortigʻi Oʻzbekistonni tark etib , boshqa mamlakatlarga, asosan Isroilga koʻchib oʻtgan.[4]

Manbalar

tahrir
  1. World Jewish Population 2001 (Wayback Machine saytida 6-dekabr 2013-yil sanasida arxivlangan), American Jewish Yearbook, vol. 101 (2001), p. 561.
  2. World Jewish Population 2007 (Wayback Machine saytida 26-mart 2009-yil sanasida arxivlangan), American Jewish Yearbook, vol. 107 (2007), p. 592.
  3. „The Jewish Community of Uzbekistan“. The Museum of the Jewish People at Beit Hatfutsot. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2018-yil.
  4. „tab30.XLS“ (PDF). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2013-yil.