Jamolov Oʻner Boimbetovich (1912, Janubiy Qozogʻiston viloyati Sembe qishlogʻi — 1975.8.8, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FAning muxbir aʼzosi (1966), iqtisod fanlari d-ri (1958), prof. (1959). Toshkent moliyaiqtisod institutini tugatgan (1939). 1940—53 yillarda Toshkent sh.dagi oliy oʻquv yurtlarida siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1955—58), Oʻzbekiston FA Iqtisod institutining direktori (1958—71), Oʻzbekiston FA Falsafa, iqtisod va huquq boʻlimining Akademik kotibi (1971—75). Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish, rivojlantirish, iqtisodiyot nazariyasi masalalariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil