Oʻnoyoqli qisqichbaqalar

(Oʻnoyoqlilardan yoʻnaltirildi)

Oʻnoyoqli qisqichbaqalar (Decapoda) — yuksak qisqichbaqasimonlar turkumi. Tanasining uzunligi 80 sm gacha (Madagaskar daryo qisqichbaqasi), gigant yapon krabi qisqichbaqalari yoyilganida 3 m ga yetadi. Gavdasi birlamchi bosh — prototsefalon, 3 ta koʻkrak boʻgʻimining jagʻ bilan qoʻshilishidan hosil boʻlgan gnatotoraks (boshkoʻkrak) va qorin boʻlimidan iborat. Oldingi koʻkrak boʻgʻimlari oʻsimtalari jagʻoyoqlarga, keyingi boʻgʻimlari oʻsimtalari 5 juft yurish oyoqlariga aylangan (nomi shundan). Boshi gnatotoraks karapaks (boshkoʻkrak qalqoni) bilan qoplangan. Karapaksning oldingi uchi rostrum (tumshuq)ni hosil qiladi. Koʻzlari fasetkali (murakkab), poyachada oʻrnashgan. Jabralari oyoqlari asosida joylashgan; ikki yon tomondan karapaks bilan qoplangan. Qorin boʻlimining tuzilishi yashash tarziga bogʻliq. Uzunqorinlilar — №1asha (krevetkalar) va chalaqorinlilar — (daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krablar, zohid qisqichbaqalar) kenja turkumlariga boʻlinadi. 8500 dan ortiq turi bor. Aksariyat turlari dengizlarda, ayrim turlari (daryo qisqichbaqalari, ayrim krevetkalar, krablar) chuchuk suvlarda yashaydi. Oʻrta Osiyo suv havzalarida ingichkabarmoq daryo qisqichbaqasi va Ro(atop ro1atyu$ krevetkasi tarqalgan.

Urgʻochi oʻnoyoqli qisqichbaqalar tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yurishadi. Chuchuk suv oʻnoyoqli qisqichbaqalar metamorfozsiz rivojlanadi. Koʻpchilik Oʻnoyoqli qisqichbaqalar tuxumlaridan chiqqan lichinkalar zoyea va mizid davrlarini oʻtib voyaga yetgan. Tuban tuzilgan krevetkalar lichinkasi rivojlanishida naupleus va metanaupleus davrlarini oʻtadi. Ayrim oʻnoyoqli qisqichbaqalar (kamchatka krabi, omarlar, langustlar, Krevetkalar )sanoat miqyosida ovlanadi.