Oʻnta negr bolasi (televizion serial)

Oʻnta negr bolasi 2015-yilda efirga namoyish etilgan detektiv televizion serial. Uch qismdan iborat boʻlgan bu serial ingliz yozuvchisi Agatha Christiening 1939-yilda yozilgan „Oʻnta negr bolasi“ nomli romaniga asoslangan[1][2][3]. Bu televizion serial Sarah Phelps tomonidan qayta ishlangan va Craig Viveiros tomonidan suratga olingan. Filmda bir-biriga aloqasi boʻlmagan bir guruh begona kishilarning orolga taklif etilishi va oʻtmishdagi jinoyatlari sababli oʻldirilishi kuzatiladi. Ushbu film 6 milliondan ortiq tomoshabinga taqdim etilgan va film tanqidchilari tomonidan yuqori baholangan.

Oʻnta negr bolasi
Series title with ten crumbled Jade figurines
Title card
Janri
Qaysi asarga asoslangan Oʻnta negr bolasi
Agatha Christie
Rejissyor Craig Viveiros
Ssenariynavis(lar) Sarah Phelps
Rollarda
Bastakor(lar) Stuart Earl
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar soni 3
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Mathew Pritchard
  • Hilary Strong
  • Karen Thrussell
  • Damien Timmer
  • Matthew Read
  • Sarah Phelps
Prodyuser(lar) Abi Bach
Kinematografiya John Pardue
Qism davomiyligi 180 minut
Studiya(lar)
Efirga uzatilishi
Telekanal
Translyatsiya davri 26-dekabr, 2015-yil(2015-12-26) — 28-dekabr, 2015-yil(2015-12-28)

Syujeti

tahrir

1939-yil avgust oyining oxirgi issiq kunlarida sakkizta bir-biriga begona boʻlgan kishi „Oven va uning xotini“ tomonidan Angliyaning Devon shahri sohilidan uzoqroqda joylashgan kichik orolga taklif etiladi. Mehmonlar oroldagi uyda er-xotin xizmatkorlar Tomas va Ethel Rogerslar bilan uy egasi boʻlmagan payti birga yashashadi.

Kechki ovqat paytida ular markazdagi oʻnta kichkina abstrakt haykallarni koʻrishadi. Keyinchalik, Tomas Rogeers gramafonni yoqqanida undagi ovoz barcha mehmonlarni qotillikda ayblaydi[4]. Bundan koʻp oʻtmay, mehmonlarning biri zaharlanishdan vafot etadi, keyin ikkinchisi va uchinchilari ham. Har birining oʻldirilishi bilan bir vaqtda oʻz markazidan bir haykal olib tashlanadi. Qotil kimligi noaniq va qolgan odamlar vaqt ketmasdan oldin qotilning kimligini topishlari kerak boʻladi lekin topishning iloji boʻlmaydi. Shunday qilib, hammasi oʻldirilgandan keyin orolda hech kim qolmaydi.

Manbalar

tahrir
  1. Plunkett, John. „David Walliams to star as BBC bags Agatha Christie drama deal“. The Guardian (2014-yil 28-fevral). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  2. Dowell, Ben. „David Walliams heralds new era for BBC as the new home of Agatha Christie adaptations“. Radio Times (2014-yil 28-fevral). Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  3. „David Walliams to star in new Agatha Christie BBC drama“. Independent (2014-yil 28-fevral). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  4. „Filming begins on Agatha Christie's And Then There Were None. agathachristie.com. 2015-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-dekabr.

Havolalar

tahrir