Oʻrgimchak
Oʻrgimchaklar – bu oʻrgimchaksimonlar oilasiga mansub haqiqiy quruqlikda yashovchi boʻgʻimoyoqlilar, ogʻiz organi 2 juft: Ogʻiz organlarining birinchi jufti ustki jagʻlar hisoblanadi. Ustki jagʻlarning birinchi boʻgʻimi harakatchan tirnoqsimon oʻsimtadan iborat boʻlib, oʻljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jagʻlarning asosida zahar bezlari joylashgan. Jagʻlar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali oʻljasi tanasiga tushadi va uni oʻldiradi. Oʻrgimchaklarning ikkinchi juft ogʻiz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan boʻlib, tuygʻu organi hisoblanadi. Paypaslagichlarning asosiy boʻgʻimlari pastki jagʻlar vazifasini bajaradi. Butli oʻrgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshkoʻkrakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan. Qorin boʻlimining hamma boʻgʻimlari qoʻshilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsimon oqish dogʻi boʻladi. Shuning uchun unga butli oʻrgimchak nomi berilgan. Qorin boʻlimining keyingi uchida uch juft oʻrgimchak soʻgallari (bezlar) boʻlib, ularga oʻrgimchak bezlarining yoʻllari ochiladi oʻpka orqali nafas oladi. ayrim jinsli (urgʻochi va erkakka boʻlinuvchi) organizm. Oʻrgimchaksimonlar turkumi – uzunligi 0,7 sm dan 11 sm gacha boʻladi. Koʻpchilik oʻrgimchaklar tanasi qisqa poyacha orqali tutashgan yaxlit boshkoʻkrak va qorin bolimidan iborat; faqat boʻgʻim qorinli oʻrgimchaklar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan. Xelitserasiga zahar bezlari yoʻli ochiladi. Qorin boʻlimi keyingi qismida 1-4 juft toʻr bezlari joylashgan. 51000 dan ortiq turi mavjud, jumladan Oʻzbekistonda bir necha yuz turi bor. 3 kenja turkumga yaʼni: boʻgʻimqorinlilar, qushxoʻr oʻrgimchaklar va oʻpkali oʻrgimchaklarga boʻlinadi. Boʻgimqorinlilar tuban tuzilgan 10 ga yaqin tropik oʻrgimchaklarni oʻz ichiga oladi. Qushxoʻr oʻrgimchaklar, asosan, tropikada tarqalgan, 1500 ga yaqin yirik (10 sm gacha) turlardan iborat. Koʻpchilik oʻrgimchaklar murakkab toʻr toʻqib, oʻljasini toʻr yordamida tutadi. Faol hayot kechiradigan turlari toʻr toʻqimaydi, inda yashaydi. Yirtqich oziqlanadi, ayrim turlari uchun kannibalizm xos. Oʻrgimchaklar zararkunanda va parazit hasharotlar va boshqalar umurtqasizlar bilan oziqlanishi tufayli foydali hisoblanadi. Qoraqurt va biylar zahri odam uchun xavfli.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |