Oʻt haydovchi dorilaroʻt pufagidan utning oʻn ikki barmoq ichakka tushishini tezlashtiradigan, jigar hujayralarida oʻt hosil boʻlishini kuchaytiradigan sintetik yoki oʻsimlik moddalari. Oʻt haydovchi dorilard. oʻt hosil boʻlish jarayoniga bevosita va neyrogumoral regulyatsiya sistemasi orqali taʼsir etadi. Mineral suvlar, nordon suyuqliklar ichilganda, meʼda shilliq qavati mexanik taʼsirlanganda va ichakka oʻt yoki oʻt kislotalar tushganda oʻt hosil boʻlishi tezlashadi. Oʻt kislotalar (xologon, dexolin) va tabiiy oʻt (alloxol, xolenzim) preparatlari taʼsirida ham oʻt hosil boʻlishi kuchayadi. Ayrim oʻsimlik moddalari: naʼmatak mevasining ekstrakti (xolosas), makkajoʻxori popugi ekstrakti yoki damlamasi, boʻznoch gulining qaynatmasi yoki damlamasi oʻt haydaydi. Oʻt haydovchi dorilard. jigar va oʻt pufagining surunkali yalligʻlanishi (xoletsistit, xoletsistogepatit) va oʻt toshkasalliklarida qoʻllaniladi.