Oʻtkir jome masjidi

Qibray tumanida joylashgan masjid

41°24′37.843″N 69°24′6.721″E / 41.41051194°N 69.40186694°E / 41.41051194; 69.40186694

Masjid
Oʻtkir jome jome masjidi
Oʻtkir jome
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xojiakbar domla Mirzayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oʻtkir jome jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Oʻtkir jome jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Oʻtki qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Oʻtkir mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻtkir koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.70 gektar joyda 800 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Oʻtki qishloq fuqarolar yigʻini, Oʻtkir mahalla fuqarolar yigʻini, Qadriyat mahalla fuqarolar yigʻini, Chinobod koʻchasi, Yangiyoʻl mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Qadrlik mahalla fuqarolar yigʻini, Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Magaroch mahalla fuqarolar yigʻini, Buloq soy mahalla fuqarolar yigʻini, Ivishart mahalla fuqarolar yigʻini, Qoramurt mahalla fuqarolar yigʻini, Hamza mahalla fuqarolar yigʻini, Yulduz mahalla fuqarolar yigʻini, Iftor mahalla fuqarolar yigʻini, Rayxon mahalla fuqarolar yigʻini, Hikmat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xojiakbar domla Mirzayev hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Oʻtkir jome jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 29-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „ЎТКИР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.