Oʻzbekiston — Avstriya munosabatlari
Avstriya |
Oʻzbekiston |
Ikki tomonlama munosabatlar
tahrir2017-yilning mart oyida Avstriya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 25 yil boʻlgan. Avstriya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 15-yanvarda tan olgan va 1992-yil 25-martda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Avstriya mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan borgan birinchi davlat boʻlgan. 1994-yil boshida Oʻzbekiston Vena shahrida elchixonasini ochgan, uning tarkibiga BMT va YXHT ham kirgan. Oʻzbekistonlik siyosatchilarning xalqaro tashkilotlarning Venadagi tadbirlarida ishtirok etishi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiy munosabatlar
tahrir2012-yilning 22-may kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtgan. U Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar masalalari boʻyicha Federal vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bosh direktori Frants Vessig boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan.
2011-yil yakuni boʻyicha ikki davlat oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 96,9 million dollarni tashkil etgan. Ikki davlat salohiyati bu koʻrsatkichni oʻn barobar oshirish imkonini beradi, degan vazir oʻrinbosari. 2012-yilning yanvar-mart oylarida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 15,945 million dollarni tashkil etgan.
Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2000-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonga keldi
tahrir2021-yil 7-noyabr kuni Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart Oʻzbekistonga kelgan. Oʻzbekistonning Venadagi elchixonasi xabariga koʻra, tashrif doirasida Avstriya TIV rahbari Toshkentda investitsiya va tashqi savdo, tashqi ishlar vazirliklarida rasmiy muzokaralar oʻtkazgan.
Tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2018-yilda tashqi savdo aylanmasi ikki baravar oshgan va keyingi yillarda ham ijobiy oʻsish tendentsiyasi saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Avstriya kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faolligi sezilarli darajada faollashgan.
Manbalar
tahrirAvstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2000-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonga keldi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |