Oʻzbekiston — Irlandiya munosabatlari

Oʻzbekiston — Irlandiya munosabatlari — Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ikki mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Irlandiyaga, asosan, paxta tolasi va bir oz miqdorda maʼdanli oʻgʻit eksport qiladi. Irlandiyadan don, mol yogʻi, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, dori-darmon, kiy-im-kechak, organik kimyoviy birikmalar, elektr jihozlari va shahri k.larni sotib oladi. Shu tariqa 2000 yilda oʻzaro tovar aylanmasi 14,3 mln. AKIIT dollariga yetdi. "Oʻzbeksavdo" uyushma-sining "Tijorat" firmasi Irlandiyaning "Verloni ltd" firmasi bilan Irlandiyadan Oʻzbekistonga 2,6 mln. dollarlik kungaboqar yogʻi yetkazib berish haqida shartnoma tuzgan. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 1995 yildan Irlandiyaning "Esb International" firmasi bilan hamkorlik qilmoqda. Shu yili bu firma xalqaro tashkilotlar tomonidan koʻrsatilayotgan texnikaviy koʻmak dasturi doirasida Yevropa Hamja-miyati Komissiyasi (YEHK)ning "OʻzRda elektrlashtirish tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga texnikaviy yordam" deb atalgan "EUZ 92/020" loyihasini bajardi. 1997 yilda firma YEHK oʻtkazgan tenderda gʻolib chiqib, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasida yangi "EUZ 9603" loyihasini bajarishga kirishdi.

Irlandiyaning "Cheldon Ltd" firmasi Oʻzbekistonda ishlab chikarilmaydigan turli smolalar, yuqori va past bosimli polietilenni "Qurilishplastmassa" aksiyadorlik jamiyatiga, koksni "Santexlit" aksiyadorlik jamiyatiga, KS-11 smolasini "Ohangaronshifer" aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib bermoqda.

OʻzRda irlandiyalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 9 korxona faoliyat koʻrsatadi. Shundan 7 tasi qoʻshma korxona va 2 tasi Irlandiya sarmoyasi 100% boʻlgan korxonadir. Irlandiyaning 2 firmasi: "Xerkos Limited" (rangli metallurgiya korxonalari uchun xom ashyo savdosi, yuksak texnologiyali tovarlar ishlab chiqarish), "Ay-Si-Ti Interneyshnl Kotton end Tekstayl Treyding K0 Ltd" (paxta savdosi) vakolatxonalari mavjud.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil