Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari

Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari — Mojar va oʻzbek xalklari oʻrtasidagi aloqalar tarixi oʻtgan asrdan boshlanadi. Bir necha mashhur mojar sayyohining Oʻrta Osiyoga qilgan safarini bu yoʻldagi dastlabki odim deyish mumkin. 19-asrda Turkistonga mojar sayyohlari G. Vamberi, Yenyo Zichi, 20-asr boshida Dyord Almashi kelib, soʻngra oʻz sayohatlari toʻgʻrisida kitoblar nashr qildirishgan. V. 1991-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi ning mustaqilligini tan oldi. 1992-yil ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, shu yili mart oyida Oʻzbekiston Bosh vaziri rahbarligidagi delegatsiya V. Respublikasiga tashrif buyurdi, ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim imzolandi. Mazkur hujjat ikki davlatning teng huqukli va oʻzaro manfaatli asosda hamkorligi uchun ilk asos boʻlib xizmat qila boshladi.

1993-yilning aprelda Oʻzbekistonga V. tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi rahbarligidagi delegatsiya tashrifidan soʻng ikki davlat oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Tez orada "Mogyurt", "Boglina" kabi mojar firmalari Oʻzbekistonga kirib kela boshladi. "Mogyurt" firmasi orqali yurtimizga mashhur "Ikarus" avtobuslari va ularning ehtiyot qismlari keltirila boshlagan boʻlsa, yana boshqa firma va kompaniyalar dori-darmon, yengil sanoat mahsulotlarini olib kelish bilan shugʻullanishga kirishdi. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida mojaristonlik sheriklar bilan parrandachilik sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

1995-yil Toshkentda V. savdo va madaniyat markazi ishga tushdi. Markaz tashabbusi bilan 1996-yilning kuzida ochilgan koʻrgazma zali poytaxt aholisi va mehmonlariga yaxshi xizmat koʻrsatdi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro savdo-sotiqning salmoqli qismini Oʻzbekiston paxtasi va V. bugʻdoyi egallaydi. Jumladan, 1996-yil V. ga 25 mln. AQSH dollari hajmida paxta va paxta mahsulotlari joʻnatildi. V. dan esa jami 20 mln. AQSH dollari hajmida turli tovarlar keltirildi.

1997-yilning dastlabki sakkiz oyida tovar ayirboshlash qariyb 30 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

UzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki V. ning "Bank Budapesht". "Markaziy Yevropa xalqaro banki", "Mojariston tashqi savdo banki", "Bank Majyar Xitel", "Bank Majyar Kulkereskedelmi", "Bank Inter-Yevropa" banklari bilan vakillik munosabatlari oʻrnatgan. V. Eksimbanki esa UzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining asosiy hamkoridir.

UzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida V. ning "Novi Treyd KFT" firmasi (har qanday turdagi "Ikarus" avtobuslarini yetkazib berish va ularga servis xizmati koʻrsatish) va "Gedeon Rixter aksiyadorlik jamiyati" rasmiylashtirilgan. Mazkur vazirlikda mojar sarmoyasi ishtirokidagi "Fayz Ltv Tekstil" (ip gazlama sanoati), "Revina" (ozuqa moddalari i. ch.), "Shark caola" (upa-elik va pardoz-andoz buyumlari i.ch.), "Novi Treyd-R" (vositachilik xizmatlari) qoʻshma korxonalari va 100% mojar sarmoyasi qoʻyilgan "Nordaks" (tashqi savdo faoliyati), "Trabikum" (ulgurji savdo), "Viklar Revmip" (kimyoviy mahsulotlar i.ch.) korxonalari roʻyxatga olingan.

V. prezidentining 1997-yil oktabrdagi Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarda buril ish yasash uchun sharoit vujudga keltirdi, jumladan, har tomonlama hamkorlik va doʻstona munosabatlarli yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya, diplomatik pasportga ega boʻlgan fuqarolarning oʻzaro vizasiz safari tartibi haqidagi bitim. sayyohlik sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.[1]

Rasmiy tashriflar

tahrir

2021-yil 29–30-mart kunlari Mojariston bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻldi[2]. Toshkentdagi Koʻksaroy qarorgohida 30 mart kuni Mojariston bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegasiyasi a’zolari, diplomatik korpus vakillari ham boʻldi. Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar oʻtkazilgan[3].

Manbalar

tahrir