Oʻzbekiston — Polsha munosabatlari
Oʻzbekiston — Polsha munosabatlari — Ikki xalq oʻrtasidagi aloqalar koʻp yillik tarixga ega. Xususan, 1863—64 yillarda chor Rossiyasiga karshi qoʻzgʻolon koʻtargan polyaklar Oʻrta Osiyoga sur-gun qilingan edi. Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qoʻqon va b. shaharlarda yashab, mehnat qildilar. 1895 yil Toshkentda polyak bolalari uchun maktab va kutubxona ochildi, yana 2 yildan keyin polyaklar jamoatchilik madaniyat markazi tashkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boshladm. Ikkinchi jahon urushi davrida Polshani nemis-fashist qoʻshinlaridan ozod qilish uchun boʻlgan janglarda oʻzbek generali S. Rahimov Dansig (Gdansk) yaqinida halok boʻldi. Shu urush oqibatida va ommaviy qatagʻonlar sababli polyaklarning mintaqamizga ikkinchi koʻchishi sodir boʻldi. Oʻtgan yillarda polyak va uzbek xalklari vakillari inoq yashab keldilar, quvonchli va qay-gʻuli kunlarda yelkadosh boʻldilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, polyaklarning "Svetlitsa Polska" mada-niyat markazi jamoatchilik uyushmasi maqomini oldi, Oʻzbekistondagi 3 mingga yaqin polyak aholisiga oʻz milliy anʼanalari va madaniyatini rivojlantirish, ikki mamlakatning milliy va davlat bayramlarini ni-shonlash imkoni yaratildi. Oʻzbekistondagi polyaklar diasporasi, "Oʻzbekiston — Polsha" assotsiatsiyasi huzuridagi "Poloniya" seksiyasi, "Svetlitsa Polska"ning Samarqand, Fargʻona, Buxoro va Toshkent shoʻʼbalari faoliyat yuritayotir. Turli tarixiy sanalar, polshalik mashhur madaniyat va sanʼat arboblariga bagʻishlangan uchrashuv, kechalar, konsertlar uyushtirilayotir. Buyuk kompozitor Frederik Shopenga bagʻishlab Toshkentda oʻtkazilgan fortepiano musiqa festivali, A. Mitskevich va V. Reymont kabi mashhur yozuvchi va shoirlarning xotira kechalari oʻtkazildi.
Polsha |
Oʻzbekiston |
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi bnoq yoʻlga qoʻyildi. 1992 yil Varshavada ikki mamlakat oʻrta-sida "Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq toʻgʻrisida" shartnoma tuzildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1995 va 2003 yillarda Polshaga va P. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 yil Uzbekistonga tashriflari oʻzaro munosabatlarni yangi pogʻonaga koʻtardi, turli sohalarda yangi shartnomalar imzolandi, oʻzbek-polyak hukumatlararo komissiyasi ishlay boshladi. 2001 yil iyun oyida Poznan savdo yarmarkasida Oʻzbekistondan nufuzli delegatsiya ishtirok etishi va unda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati taqsimoti oʻtkazilishi oʻzaro munosabatlar rivo-jida muhim bosqich boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2003 yil 10—12 iyul kunlari P.ga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa samarali boʻldi. Tashrif yakunida ikkita kredit bitimi, bojxona ishida hamkorlik va oʻzaro yordam, xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. Oʻzbekiston mudofaa vazirligi bilan P. milliy mu-dofaa vazirligi oʻrtasida harbiy-tex-nikaviy hamkorlik toʻgrisida deklaratsiya, Jaxrn iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan P. xalkaro munosabatlar instituti oʻrtasida qamkorlik memorandumi, "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi bilan Polsha sayyoxlik kompa-niyasi oʻrtasida hamkorlik haqida bitim, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan P.ning "Bank gosudarstva krayevego" oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. Tashrif davomida oʻzaro tovar aylanmasini yanada oshirish kerakligi taʼkidlandi. Jumladan, 2001 yil bu koʻrsatkich 31,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Polshaga ip gazlama, kalava ip, paxta tolasi, roʻzgʻor paxtasi, noorganik kimyo mahsulotlari, qayta ishlangan sabzavot, meva mahsulotlari, moyli urugʻlar yuboradi, turli xizmatlar koʻrsa-tadi. Polsha tomoni esa kand-shakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr anjomlari, plastmassa buyumlar, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, qora metallar, poligrafiya mahsulotlari, mebel, dori-darmon joʻnatadi. "Oʻzolmosoltin" uyushmasi bilan P.ning "Bumar" tashki savdo kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik rivojlanib borayotir. Oʻzbekiston Respublikasi da P. 2 firmasining vakolatxonasi ochilgan, polyak investorlari ishtirokidagi 16 korxona faoliyat yuritmoqda.[1]