Zoologiya instituti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti — hayvonot olamining xilma-xilligi, ekologiyasi, biologiyasi, ahamiyatini oʻrganib, ulardan oqilona foydalanish, noyob, yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan turlarni muhofaza qilish, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy asoslar yaratuvchi va muvofikdashtiruvchi markaziy ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya institutidan 1950-yilda mustaqil boʻlib ajralib chiqqan. Institutda Oʻzbekiston hayvonot olamining biologik xilmaxilligi, sistematikasi, ekologiyasi, xoʻjalik ahamiyatiga molik umurtqali va umurtqasiz hayvonlar biologiyasi hamda rivojlanish sikli tadqiq etiladi; respublikadagi biologik resurslardan oqilona foydalanish, ovchilik va baliqchilikni rivojlantirishga oid tavsiyanomalar; yovvoyi hayvonlarning noyob va kamayib borayotgan turlarini tutqinlikda koʻpaytirish usullari ishlab chiqiladi; inson faoliya-ti tufayli tabiatda roʻy berayotgan oʻzgarishlarning hayvonot olamiga taʼsiri oʻrganiladi hamda hayvonlarning biologik xilma-xilligini saqlab qolish bilan shugʻullaniladi; turli hududlarda chorva hamda yovvoyi hayvonlarda uchraydigan ekto-va endoparazitlar ekologiyasi hamda biologiyasi, ularning zarari oʻrganiladi; qishloq xoʻjaligi hayvonlari va ekinlari zararkunandalari hamda ularga qarshi kurashning nazariy va amaliy asoslari va b. masalalar ishlab chiqiladi. Institutda 5 boʻlim (umumiy entomologiya va araxnologiya, umumiy parazitologiya, suv zoologiyasi, quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar, evolyu-sion morfologiya va hujayra biologiyasi), 11 laboratoriya (hasharotlar ekologiyasi va sistematikasi, hasharotlarni biologik nazorat qilish, araxnologiya va tuproq zoologiyasi, parazitologiya, gelmintologiya, ixtiologiya va suv umurtqasizlari, gerpetologiya, ornitologiya, teriologiya, ekologik fiziologiya va hujayra biologiyasi, mor-fologik qiyoslash va hayvonlar toksi-kologiyasi) hamda insektariy va zaharli ilonlar pitomnigi faoliyat koʻrsatadi. Institutning fondida 34 mingga yaqin hayvonlar kolleksiyasi toʻplangan. 60 dan ortiq monografiya, 60 ga yaqin ilmiy toʻplam, 100 ga yaqin takdimnoma va metodik qoʻllanmalar, 40 dan ortiq ilmiy ommabop risolalar nashr etilgan. Bular orasida T. 3. Zohidovning 4 jildli "Zoologiya ensiklopediyasi" Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |