Energetika va avtomatika instituti
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti — energetika va avtomatikaga doir ilmiy tekshirish ishlari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali (OʻzFAN)ning energetika boʻlimi negizida 1941-yilda Energetika instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1956-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti, 1963-yildan Oʻzbekiston Energetika va avtomatika ilmiy tekshirish instituti deb atalgan, 1981-yildan hozirgi nomda. Institutda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriladi: issiqlik energetikasining fundamental muammolari, murakkab issiqlik va elektr energiyalari ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash; optimal boshqarish nazariyasi va yirik nasos stansiyalarining sugʻorish tizimlarida elektr yuritmalarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish va rostlash texnologiyasi; issiqlik va elektr energiya manbalarida qayta tiklanadigan murakkab tadqiqotlar va texnologiyalar; sanoat korxonalarida elektrotejamkorlik texnologiyasi; elektrofizika va yuqori kuchlanishlar texnikasi, oʻta yuqori kuchlanishlardagi elektr uzatishda isroflarni kamaytirish, koʻp komponentli suyuqlarni tozalash; funksional elektronikaning ilmiy asoslarini yaratish; oʻlchash va hisoblash qurilmalarini tadqiq qilish. Institutda 10 ta laboratoriya., respublikada yagona nodir obyekt "Yuqori kuchlanishlar va katta toklar markazi", zamonaviy kompyuterlar va dasturiy vositalar bilan jihozlangan va instituternetga tez ulanadigan "Energetikada informatsion texnologiyalar markazi" bor (2005). Institutda energetika fani va amaliyoti uchun muhim ilmiy natijalarga erishildi. Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratiddi, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyadaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, respublikaning tabiiyiqlim sharoitlaridan samarali foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyot energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari temperaturasi va kichik gidroelektr stansiyalardan foydalanish boʻyicha keng qamrovli ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari, energetika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash borasida muhim natijalarga erishildi. Yarimoʻtkazgichli elementlar asosida invertorlarning bir qancha sxemalari taklif etildi va boshqalar muhim ilmiy tekshirish ishlari bajarildi. Institutda energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash, ekologik sof energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish, ularning energiya tizimidagi salmogʻini koʻpaytirish kabi masalalar institutdagi istiqbolli masalalarhisoblanadi. Institutfaoliyati R.A. Achimov, J. A. Abdumayev, G. A. Grinevich, R.A.Zohidov, A.S.Saidxoʻjayev, S.Z.Usmonov, N. M. Usmonxoʻjayev, H.F. Fozilov, M. 3. Homidxonov va boshqalar olimlar nomi bilan bogliq.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |