Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat organi hisoblanadi. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 29-iyunidagi PQ-4761-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Tashkilot parlament oldida hisobdor va mamlakat prezidentiga boʻysunadi.

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:

korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

manfaatlar toʻqnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

Agentlik vakolatlari quyidagicha belgilab qoʻyilgan:

  • Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi statusiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarni tahlil etish;
  • Davlat moliyaviy operatsiyalariga bogʻliq hujjatlarni oʻrganish, nazorat qilish va bu sohadagi shaffoflikni taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar boʻyicha korrupsion holatlarni taftish etish va ularning huquqlarini tiklash.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

javobgarlikning muqarrarligi.

. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu Qonunning qoidalari samarali ijro etilishini taʼminlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament;

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.