Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor" faxriy unvoni — milliy meʼmorchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq meʼmorchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlash sohasida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali meʼmorlarga beriladi[1][2][3][4].
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan me’mor“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | milliy meʼmorchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq meʼmorchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlash sohasida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali meʼmorlarga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
Tavsifi
tahrir- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida zamonaviy meʼmorchilik inshooti fonida ioniy (meʼmoriy) order va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN MEʼMOR“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Sohiblari
tahrirYana qarang: Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmorlar
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)