Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi“ faxriy unvoni — jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi[1][2][3][4].

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan pillachi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, korxonalarning, oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

Tavsifi

tahrir
  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida gazlama oʻrami ustida pillasi bilan tut barglari, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN RILLASNI“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar

tahrir