Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi

Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi — amputantlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda va futbol oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan amputant nogironlar oʻrtasidagi milliy futbol jamoasi. Milliy terma jamoani nazorat qiluvchi va boshqaradigan tashkilot Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi XAFFga kiritilgan va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Uch karra Jahon kubogi gʻolibi.[1]

Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi
Assotsiatsiya Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Sub-konfederatsiya MOFF (Markaziy Osiyo)
Bosh murabbiy  UZB Rustam Mehmonov
Sardor Abdujamil Shukurov
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Abdujamil Shukurov
Eng yaxshi toʻpurar Abdujamil Shukurov
FIFA kodi UZB
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Tarixi tahrir

1988-yil oktabr oyida amerikalik Bill Barri Amerikaning Sietl shahri bilan qardosh Toshkentga keldi va Afgʻonistonda jang qilgan yigitlarni oʻzining „Futbol nogironlar uchun“ dasturi bilan tanishtirish uchun oʻzi bilan 22 juft yengil hassa tayoq olib keldi. „Matonat“ klubi va uning negizida Oʻzbekiston terma jamoasi tashkil etildi[2]. Ayni paytda jamoa koʻplab xalqaro va respublika turnirlarining gʻolib va sovrindori hisoblanadi.[3]

2019-yil Rossiya o'tkazilgan xalqaro turnirda terma jamoa vakillari umumiy 5 ta uchrashuvda qatnashib 42 ta gol urishda va turnir chempioniga aylanishdi.[4]

Jaxon chempionatlari tahrir

2022-yilgi Amputantlar o'rtasidagi jahon kubogiga O'zbekiston terma jamoasi O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligida[5] astoydil tayorgarlik ko'rdi.[6][7] Bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Jamoa tarkibiga Yevropada top suradigan futbolchilar ham jalb etildi.[8] Terma jamoa yarim final bosqichigacha yetib bordi.[9]

Yutuqlari tahrir

  • 1  Jahon kubogi (3): 2007, 2010, 2012
  • 1  Jahon chempionati (1): 2010
  • 1  Mehribonlik kubogi (3): 1989, 1990, 1991
  • 1  „Rojdestvo“ mukofoti (3): 1995, 1996, 1997
  • 1  „Trud“ gazetasining mukofoti: 1991
  • 1  „Gʻalaba kuni“ turniri: 1992
  • 1  Spartak kubogi (Moskva): 1993
  • 1  Askarlar-internatsionalistlar mukofoti (Moskva): 1993
  • 1  Nogironlar futbol assotsiatsiyasi kubogi: 1993
  • 1  Rossiya ochiq chempionati: 1996
  • 1  Gruziya nogironlar federatsiyasi mukofoti: 1998
  • 1  Xalqaro nogironlar festivali: 1999
  • 1  Rossiya nogironlar ittifoqi kubogi: 2006
  • 1  MDH kubogi: 2007
  • 2  Jahon chempionati: 1998,
  • 3  Jahon chempionati: 2002
  • 3  Yevropa ochiq chempionati: 1999
  • 3  Rossiya ochiq chempionati: 2006

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Мексикадаги Жаҳон чемпионатида иштирок этади“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  2. Сафаров В. А. Энциклопедия футбола в Узбекистане 1912—2012. — Т. 2014. — С. 332.
  3. „"Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси машғулотларга киришди. Осиё чемпионати юртимизда ўтказилиши мумкин" - бош мураббий билан интервью“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  4. „Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси чемпионликни нишонлади“. 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  5. „ЎФА вакиллари ампутантлар терма жамоаси аъзолари билан учрашди“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  6. „⚡️ Мундиалгача. "Халқ учун ўйнаймиз" – олтинчи титулни мақсад қилган беш карра жаҳон чемпиони билан интервью“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  7. „Ўзбекистон ногирон-ампутантлар терма жамоаси ЖЧга ҳозирлик кўрмоқда“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  8. „⚡️ Мундиалгача. Ўзбекистон ногирон-ампутантлар ТЖ сафида ЕЧЛ ғолиблари борлигини биласизми?“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  9. „ЖЧ-2022. Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ярим финалда Туркияга минимал ҳисобда имкониятни бой берди“. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.

Havolalar tahrir