Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

O'zbekistondagi harbiylashtirilgan organ
(Oʻzbekiston milliy gvardiyasidan yoʻnaltirildi)

[1][2]

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Qisqartma OʻzR MG
Turi harbiy tuzilma
Sanoat mudofaa
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 5-avgust
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qoʻmondoni Rustam Joʻrayev
Ishchilar soni 30000
Vebsayti milliygvardiya.uz
Map

Tarixi

tahrir

1992-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-son qarori bilan, „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi 1991-yil 31-avgust kuni qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-son harbiy qismi negizida Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan. 2017-yil avgust oyidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibidagi mustaqil tuzilma sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. 2018-yilda ichki ishlar tizimidagi harbiy texnika oliy bilim yurti Milliy gvardiya harbiy texnika instituti etib qayta tashkil etildi. 2019-yil yanvar oyida Ichki ishlar vazirligining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi[3].

2021-yil 3-mart kungi Oʻzbekiston prezidenti qaroriga muvofiq, Nukus, Fargʻona va Jizzaxda mintaqaviy oʻquv markazlari ochildi[4].

Vazifalari

tahrir

Shaharlar va aholi punktlarida jamoat tartibi va xavfsizlikning saqlashini taʼminlashda koʻmaklashadi. Davlat ahamiyatiga ega va hayotiy muhim obyektlar, xorijiy davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlaydi. Terrorizm va ekstremizm harakatlarining oldini olishda ishtirok etadi. Mamlakatning hududiy yaxlitligi va mudofaasini taʼminlashda koʻmaklashadi. Ov va xizmat oʻqotar qurollarining mamlakat hududiga olib kirilishi, olib chiqilishi, xarid qilinishi, saqlanishi va qoʻllanilishini nazorat qiladi. Tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashadi. Xorijiy davlatlarning rasmiy vakillarini kutib olish va kuzatishda marosim tadbirlarining xavfsizligini taʼminlaydi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. ТАРИХИЙ МАЪЛУМОТЛАР, 2019-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-21
  2. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МИЛЛИЙ ГВАРДИЯСИ, 2019-12-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-21
  3. „Президент қарори билан Миллий гвардия қўриқлаш хизмати Бош бошқармага айлантирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 23 февраль.
  4. „Президент қарори билан Нукусда Миллий гвардиянинг минтақавий ўқув маркази ташкил этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 5 март.