Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)
Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)- 2014-yilning 21-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovi boʻlib oʻtgan.[1] Saylovda Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan barcha siyosiy partiyalar (Liberal-demokratik, Milliy tiklanish, Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston ekologik harakati) parlament saylovida ishtirok etish istagini bildirdi.[2]
2014-yil 21-dekabr | |||
---|---|---|---|
Nomzod: | Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi | Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi |
Partiya rahbari: | Sodiqjon Turdiyev | Hotamjon Ketmonov | Ulugʻbek Muhammadiyev |
Nomzod: | Oʻzbekiston Adolat Partiyasi | ||
Partiya rahbari: | Narimon Umarov |
Saylov tizimi
tahrirOliy Majlisdagi 150 nafar deputatlik oʻringa, 135 nafar deputat hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. 15 deputatlik oʻrni esa Oʻzbekiston Ekologik harakatiga berilgan.[3]
Ishtirokchilar
tahrirAsosiy sanalar
tahrir- 2014-yilning 15-sentabrida parlament quyi palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kampaniyasi rasman boshlandi.[4]
- 9-oktabr 2014-yilgi saylovni yoritish boʻyicha respublika matbuot markazida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulugʻbek Abdusalomov jurnalistlarga saylov okruglarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini shakllantirish, siyosiy partiyalarning boʻlajak parlament saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.[5]
- 2014-yil 17-oktabr Siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatish boshlandi va 2014-yil 6-noyabrda tugadi.[6]
Saylov natijalari
tahrirTanqidlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING QARORI, 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 15-noyabr 2014-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Oʻzbekiston siyosiy partiyalari imzo toʻplashni boshladi“. 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
- ↑ Siyosiy partiyalar imzo toʻplashni boshladi
- ↑ Oʻzbekistonda saylov kampaniyasi boshlanadi
- ↑ Barcha siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berildi
- ↑ „Saylov kampaniyasi boshlanishi eʼlon qilindi — 11.09.2014“. 2014-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-noyabr.