Oʻzbekiston pochta markalari (2000)
Oʻzbekiston pochtasi tomonidan 2000-yilda bir qancha kommemorativ va ikki rangli standart markalar chop etilgan. Ular sirasiga „Oʻzbek milliy sirki“, „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumlari, „Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“, „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“, „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“, „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ yubiley markalari va ikki rangdan iborat Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar kiradi.
„Oʻzbek milliy sirki“ turkumi
tahrirOʻzbek milliy sirki uzoq yillik tarixga egadir. Oʻzbekiston hududida qadimdan hayvonlarni oʻrgatish, akrobatik mashqlar, chavandozlik, masxarabozlik kabi tomoshalar mavjud boʻlgan. Turli xalq sayllarida dorbozlar, sim va sharda oʻynovchilar, koʻzboylamachilar, polvonlar tomosha koʻrsatganlar. 1904-yilda Oʻzbekiston hududida birinchi maxsus sirk guruhi tashkil etilgan[1].
Mazkur pochta markalarida hozirgi zamon sirkidan ayrim chiqishlar tasvirlangan. Turkumdan 6 ta marka va 1 ta blok oʻrin olgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, ofset usulida bosilgan[1].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | (Mi #UZ 240) | „Oʻzbek milliy sirki“ turkumi | 28 soʻm | 4-yanvar | 20 000 | 37 x 52 | I. Lisenko | [2] | |
2 | (Mi #UZ 241) | 36 soʻm | [2] | ||||||
3 | (Mi #UZ 242) | [2] | |||||||
4 | (Mi #UZ 243) | 56 soʻm | [2] | ||||||
5 | (Mi #UZ 244) | [2] | |||||||
6 | (Mi #UZ 245) | 69 soʻm | [2] | ||||||
7 | (Mi #UZ 246) (Mi #UZ BL 25) |
„Oʻzbek milliy sirki“ suvenir blokli markasi | 100 soʻm | - | m: - bl: - |
[2][3] |
„Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumi
tahrir„Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ markalar turkumida zamonaviy ot sporti turlari aks ettirilgan. Har bir markaning oʻng tomon pastki qismida qora rangdagi yugurayotgan ot shakli mavjud. Turkum umumiy 7 markadan iborat, ulardan 6 tasi bir varaqqa birlashtirilgan. Varaq pastida lotin harflarida „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ deb yozilgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon[4].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
8 | (Mi #UZ 247) | Uch otli izvosh | 69 soʻm | 1-fevral | 20 000 | 52 x 37 | O. Baklikova | [2] | |
9 | (Mi #UZ 248) | Otda figurali yurish | 36 soʻm | [2] | |||||
10 | (Mi #UZ 249) | Konkur | [2] | ||||||
11 | (Mi #UZ 250) | Tekis choptirish | 56 soʻm | [2] | |||||
12 | (Mi #UZ 251) | Stipl-chez | [2] | ||||||
13 | (Mi #UZ 252) | Yoʻrttirib choptirish | 75 soʻm | [2] | |||||
14 | (Mi #UZ 253) | Doʻnonlar poygasi gʻolibi | [2] | ||||||
- | (Mi #UZ 248-253KB) | „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkum varagʻining umumiy koʻrinishi | 334 soʻm | 117 x 154 | [2][5] |
„Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi
tahrir„Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi XIX asrda yashab ijod etgan qoraqalpoq shoiri Ajiniyozga (1824–1878) bagʻishlangan. Marka ikki rangli qilib oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon[6].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
15 | (Mi #UZ 254) | Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli. Qoraqalpoq xalqining mumtoz shoiri | 28 soʻm | 31-mart | 50 000 | 26 x 37 | S. Sharipov | [2] |
„Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi
tahrirUshbu marka IX — X asrlarda yashagan imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan. Markada Samarqand meʼmorchiligi uslubiga monand binolar va ochiq turgan kitob tasviri chizilgan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan[7].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
16 | (Mi #UZ 255Zf) | „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi | 60 soʻm | 24-oktyabr | 20 000 | 74 x 26 | U. Solihov | [2] |
„Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi
tahrirUshbu marka XII asrda yashagan imom, fiqh olimi Burhoniddin Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligiga bagʻishlangan. Markada Bulutlar ustidagi bezakli lavhda ochiq holda turgan „Hidoya“ asari tasvirlangan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon[8].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
17 | (Mi #UZ 256Zf) | „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi | 60 soʻm | 24-oktyabr | 20 000 | 52 x 37 | U. Solihov | [2] |
Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar
tahrirT.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
18 | (Mi #UZ 259I) | Oʻzbekiston gerbi | 15 soʻm | 5-dekabr | 4 000 000 | 18,5 x 26 | Valentin Nikitin | [2] | |
19 | (Mi #UZ 260I) | 17 soʻm | 2 000 000 | [2] | |||||
20 | (Mi #UZ 261I) | 30 soʻm | [2] | ||||||
21 | (Mi #UZ 262I) | 40 soʻm | 1 000 000 | [2] | |||||
22 | (Mi #UZ 263I) | 45 soʻm | 2 000 000 | [2] |
„Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi
tahrirBMT Bosh assambleyasining 1950-yilgi qaroriga muvofiq tuzilgan Qochoqlar masalasi boʻyicha Oliy komissariat oʻz faoliyatini 1951-yilda boshlagan. Bu tashkilot Oʻzbekistondagi faoliyatini 1993-yildan boshlab olib borgan.
Ushbu marka bir necha rangda, ofset usulida bosilgan. Markaning kupon qismida oʻzbek va ingliz tillarida yubiley matni bitilgan[9].
T.r. | Mi | Tasviri | Tavsifi | Nominali | Sanasi | Adadi (dona) | Oʻlch. (mm) | Rassom/ dizayner |
M |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
23 | (Mi #UZ 265Zf) | „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi | 125 soʻm | 14-dekabr | 20 000 | 52 x 37 | U. Solihov | [2] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „246. "O`zbek milliy sirki"pochta markalari turkumi“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 2,14 2,15 2,16 2,17 2,18 2,19 2,20 2,21 2,22 2,23 „Stamps“. colnect.com. Qaraldi: 16-avgust 2024-yil.
- ↑ „Trained Camels, Bactrian Camel, Llama“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „247-253. "O`zbekiston Respublikasining ot sporti" pochta markalari turkumi“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „Equestrian Sports“. solbery.com. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „254. "Ajiniyoz Qo`siboy o`g`li" pochta markasi“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „255. Imom Abu Mansur al-motoridiy pochta markas“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „256."Burhoniddin al-Marg`inoniy" kuponli pochta markasi.“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.
- ↑ „261. Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochoqlar masalasi bo`yicha oliy Komissariatining 50 yilligi" kuponli pochta markasi.“. uz.post. Qaraldi: 22-avgust 2024-yil.