"Оʻzbekiston pochtasi" AJ - Oʻzbekistonda pochta xizmatini amalga oshiruvchi tashkilot. Jamiyatning xizmat doirasiga Oʻzbekistonda milliy va xalqaro pochta joʻnatmalarni, yetkazish va davriy nashr mahsulotlarini tarqatish kiradi.

UzPost
Sobiq nomi O'zbekiston pochtasi
Turi biznes va ommaviy kompaniya
Xizmatlari Pochta xizmatlari
Shiori Yangi imkoniyatlar kuchi
Qachon asos solingan 1992-yil
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Direktori Fayzullaev Alisher Nasibullaevich
Ishchilar soni 7929
Vebsayti www.post.uz

Tarixi tahrir

"Oʻzbekiston pochtasi" ochiq hissadorlik jamiyati 1992-yil konsern sifatida tashkil topdi. 1997-yilda konsern "Oʻzbekiston pochtasi" davlat aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.1991-yili pochtа aloqasi va matbuot tarqatish korxonalari tarkibidagi bo‘limlar negizida pochta aloqasi mustaqil birlashmasi xamda ularning viloyat va tuman bo‘linmalari tashkil etildi. 1994-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Jahon pochta uyushmasiga a’zo bo‘ldi.

Mamlakatimizda pochta aloqasi, axborot va telekommunikatsiya tizimlarini boshqarishni yanada takomillashtirish, bu tarmoqlarga bozor mexanizmlarini joriy etish hamda xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-iyuldagi «Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31- iyuldagi «O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O’zbekiston pochtasi» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. Soha rivoji uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan ana shu hujjatlarga binoan, aksiyalarning 75 fozi davlat mulki, 10 foizi mehnat jamoasi ulushi sifatida, 15 foizi esa erkin sotuvga chiqarilishi belgilangan.

2000-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi qonun sohada qonunchilik asoslarini mustahkamlash bilan birga, xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish va samaradorligini ta’minlash, pochta xizmatlari bozoridagi raqobatdoshlikni oshirish, pochta aloqasi sohasida mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan edi. Oʼzbekiston Respublikasi milliy infratuzilmasining ajralmas qismi boʼlgan hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi “Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 339-son Qarori bilan “Oʼzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Milliy operator etib belgilangan, oʼz faoliyatini yuridik va jismoniy shaxslarni, davlat boshqaruv organlarining pochta aloqasi xizmatlariga boʼlgan ehtiyojlari qondirish orqali, respublikamizda pochta aloqasi va ijtimoiy taʼminot sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishiga hissa qoʼshib kelmoqda.

Pochta aloqasining milliy operatori zimmasiga Oʼzbekiston Respublikasining Umumjahon pochta ittifoqi dalolatnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlarini bajarish hamda Respublikaning barcha hududlarida aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan xizmatlarni belgilangan narxlarda koʼrsatish yuklatilgan.

Belgilangan vazifalarni bajarish uchun “Oʼzbekiston pochtasi” АJ tomonidan respublikada pochta aloqasi tarmoqlarida 7 929 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda. Oʼrtacha oylik ish haqi 1 216,7 ming soʼmni tashkil etadi.

1992-yili pochta aloqasi korxonalari ta’sischilari yig‘ilishining qaroriga binoan «O‘zbekiston pochtasi» konserni tashkil etildi.

Shu davrda jamiyat hissalari quyidagicha taqsimlandi:

aksiya egasi Ulush %da
Davlat 31,51
Yuridik va jismoniy shaxslar 68,49
Jami 100

2004-yilga kelib Oʻzbekistonda pochta xizmatini yanada takomillashtirish maqsadida davlat aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiydarolik jamiyatiga aylantirildi. Hozirda davlat jamiyatning 51% hissasiga ega va 49% aksiya erkin sotuvda. 2006-yil maʼlumotiga binoan pochta 86 mamlakat bilan pochta almashinuvini amalga oshirdi. Shularning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, AQSh, Olmoniya, Isroil, Qozogʻiston mamlakatlariga toʻgʻri keladi.

Xizmatlar turlari tahrir

Asosiy xizmatlar tahrir

Yozma xat xabarlar:

- Pochta kartochkalari;

- Xat-xabar;

- Banderol;

- Mayda paketlar.

Posilkalar.

Elektron pul oʼtkazmalari.

Davriy nashrlar obunasi.

Gibrid pochta xizmati – bu pochta tashkiloti hamda korxona, tashkilot va idoralar oʼrtasida shartnoma asosida, telekommunikatsiya tizimi va pochta xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xizmat turi hisoblanadi.

Tezkor pochta.

Kuryerlik.

Qoʼshimcha xizmatlar: tahrir

Moliyaviy xizmatlar:

- kommunal toʼlovlar;

- munis toʼlov tizimi orqali qabul qilinadigan toʼlovlar — 60 dan ortiq buyudjet toʼlovlari va boshqalar;

- UZIMEI kodlarni roʼyxatdan oʼtkazish;

- sugʼurta polislari sotuvi.

Tovarlar sotuvi.

Loyihalar amalga oshirilgandan keyin kiritiladigan yangi xizmatlar.

Elektron savdo maydonchasi orqali koʼrsatiladigan xizmatlar:

- Elektron savdo maydonchasi orqali tovarlar sotuvi;

- Tovarlar yetkazib berish;


Bank xizmatlari — bank kartalarini pul mablagʼlari bilan toʼldirish, bank kartalaridagi mablagʼlarni naqdlashtirish.

Davlat xizmatlari — sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish, manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish, FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish, fuqaroni pensiya tizimida hisobga qoʼyish, fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʼyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish, fuqarolarning narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma berish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish, elektr-energiyasini hisobga olish uskunasini yechish, oʼrnatish va qiyoslashga ariza berish, isteʼmolchilarning elektr hisoblagichini almashtirish, gazni hisobga olish hisoblagichni yechish qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatishga ariza berish, isteʼmolchilarning gaz hisoblagichini almashtirish, ichimlik suvini hisobga olish uskunasini yechish, oʼrnatish va qiyoslashga ariza berish va isteʼmolchilarning ichimlik suvi hisoblagichini almashtirish.

Pochta markalari va filatelistik mahsulotlarning chakana savdosi.

Posilkalarni saqlash.

Pochta jo‘natmalarini o‘rovlab berish.

Posilkalarni mato bilan o’rovlab berish.

Manzillarni yozib berish va turli xil blankalarni to‘ldirib berish.

Abonement qutilarini foydalanishga berish.

Jo’natuvchi so’roviga ko’ra posilkani qayta o’rovlab berish.

Banderollarni uchun qutilar, posilkalarni uchun qoplar savdosi.

Kuryerlik xizmatlari: tahrir

Pochta varaqchalarni yеtkazib bеrish;

Xatlarni yеtkazib bеrish;

Ichki banderollarni yеtkazib bеrish;

Posilkalarni yеtkazib bеrish;

Mahsus o’ralgan davriy nashrlarni yеtkazib bеrish.

Shartnomaviy xizmatlar: tahrir

Davriy nashrlarga obuna qabul qilish;

Davriy nashrlar gazeta, jurnal va kitoblarning  yеtkazish;

Telegrammalarni qabul qilish va yetkazish;

Shaharlararo va xalqaro  telefon so‘zlashuvi;

Davriy nashrlar chakana savdosi;

Tovarlar chakana savdosi.

Pochta indekslari tahrir

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 28-oktabrdagi 270-son buyrug`iga muvofiq O`zbekiston Respublikasi pochta aloqasi obyektlarining yangi pochta indekslari amalga kiritildi. Yangi pochta indekslarining kiritilishi texnologik jarayonlarni keyingi takomillashtirish yo`li orqali taqdim etilayotgan xizmatlari sifatini anchagina oshiradi.

Pochta aloqasi obyektlarining pochta indeksi 6 raqamdan iborat bo’lib, O’zbеkiston Rеspublikasi viloyatlari bo’yicha quyidagi ko’rinishga ega:

1-2 raqamlar viloyat markazi yoki viloyat xududining shartli kodini;

3-4 raqamlar tuman markazi, tuman hududi yoki viloyatga bo’ysunuvchi shaharning shartli kodini;

5-6 raqamlar pochta aloqasi bo’limining shartli kodini anglatadi.

Masalan: 120216 indeksi. 12—Sirdaryo viloyati, 02—Boyovut tumani, 16—Usmonobod aholi punktiga xizmat ko`rsatuvchi pochta aloqa bo`limi.

Toshkent shahrining pochta indeksi viloyatlardan farqli ravishda o’ziga xos xususiyatga ega. Toshkent shahrining pochta indeksi quyidagi ko’rinishga ega:

1-3 — raqamlar Toshkent shahrining shartli kodini;

4-6 — raqamlar Toshkent shahridagi pochta aloqasi bo’limining raqamini anglatadi.

Masalan: 100123 raqamli indеksi. 100 –Toshkent shahri, 123 – pochta aloqasi bo’limi raqami.

O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining pochta indеkslari ro'yxatini yuklab olish (353 kb) (Wayback Machine saytida 2021-12-28 sanasida arxivlangan)

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari tahrir

  1. https://post.uz/