Oʻzbekistonda buddizm. AQSh Davlat departamentining 2004-yildagi Xalqaro diniy erkinlik toʻgʻrisidagi hisobotiga koʻra, O'zbekiston aholisining taxminan 0,2 foizi buddizmga eʼtiqod qiladi va ularning aksariyati etnik koreyslardir .Rasman Oʻzbekistonda faqat bitta buddist diniy ibodatxonasi roʻyxatga olingan va u Toshkentda joylashgan[1].

Toshkentdagi Buddistlar ibodatxonasi

„Jaeunsa“ („Mehr“) nomli buddist ibodatxonasi Toshkentning chekkasida joylashgan boʻlib, Oʻzbekistonda 1991-yildan beri faoliyat koʻrsatayotgan yagona buddistlar ibodatxonasi hisoblanadi.[2]

Kushon imperiyasi hukmdorlari davrida buddizm keng miqyosda Baqtriya va Gandaraga kirib bordi[3][4].Pali tilida yozilgan afsonaga koʻra , Baqtriyadan ikki savdogar, Trapusa va Baxalika Budda bilan uchrashish uchun yoʻlga tushishgan va keyinchalik uning shogirdlari boʻlishgan[5]. Keyinchalik ular Baqtriyaga qaytib, Budda sharafiga ibodatxonalar qurdilar.[6][7]

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi davrida, 1991-yilda mamlakat mustaqillikka erishgunga qadar mahalliy buddistlarning huquqlari poymol qilingan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „OʻZBEKISTONDA DINIY BAGʻRIKENGLIK“. strategy.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
  2. „A Bit of Zen in Tashkent: The Structure of the Only Functioning Buddhist Temple in Central Asia“. cabar.asia.
  3. Kultura i iskusstvo drevnego Uzbekistana. Katalog vistavki v 2-x tomax. M ., 1991.
  4. Drevnosti yujnogo Uzbekistana. Albom-katalog (na russk., yaponsk., angl. yaz.). Tokio, 1991.
  5. Materiali polevix issledovaniy Uzbekistanskoy iskusstvovedcheskoy ekspeditsii (Uz IskE). Vip. № 1, 1997; Vip. № 2, 1997; Vip. № 2, Tashkent, 1998.
  6. G.Pugachenkova Vklad „UzIskE“ v poznanie xudojestvennogo naslediya Uzbekistana. // Sb. "Sanʼatshunoslik masalalari — I ". Tashkent, 1998
  7. Materiali polevix issledovaniy Uzbekistanskoy iskusstvovedcheskoy ekspeditsii (Uz IskE). Vip. № 3, 1997; Vip. № 3. Tashkent, 1999