Oʻzbekistonda din — Oʻzbekistonda turli din vakillari istiqomat qilishadi. Aholining koʻpchiligi, yaʼni taxminan 88 % aholi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Qolgan aholi esa Xristian dini, Yahudiylik, boshqa din va mazhablarga eʼtiqod qilishadi.

MusulmonlarTahrirlash

Aholining asosiy qismi eʼtiqod qiladigan islom dinini „Oʻzbekiston Musulmonlari Maʼnaviy Boshqarmasi“ nazorat qiladi. Ushbu boshqarmani muftiy nazorat qiladi. Toshkent va Buxoro shaharlarida Islom dini oʻquv yurtlari mavjud. Aholi orasida Islom dinining asosan Hanafiylik mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek oz miqdorda Shialik mazhabi eʼtiqodchilari mavjud.

XristianlarTahrirlash

Ahooli orasida Xristianlikning asosan Rus Pravoslav mazhabi keng tarqalgan. Shuningdek xristian mazhablarining eʼtiqodchilari: Katoliklar, Protestantlar, Paptistlar, Adventistlar[1][2] va Yahova Shohidlari mavjud[3][4][5].

Boshqa dinlarTahrirlash

Shuningdek aholi ichida Yahudiy dini, Buddistlar, Krishnaitlar va boshqa din vakillari mavjud.

2010-yilning 1-iyun kuniga binoan Oʻzbekistonda 2225 ta diniy tashkilot roʻyxatga olingan[6].

Bular:

  • Islom — 2.050
  • Koreys Xristian Cherkovi — 52
  • Rus Pravoslav Cherkovi — 37
  • Baptistlar — 23
  • Pyatidesyatniklar — 21
  • Yettinchi kun Adventistlari — 10
  • Yahudiylik — 8
  • Baxailar — 6
  • Rim Katolik Cherkovi — 5
  • Yangi Apostollar — 4
  • Lyuteryanlar — 2
  • Arman Apostollik Cherkovi — 2
  • Yahova Shohidlari — 1
  • Krishnaitlar — 1
  • Buddistlar — 1
  • Tangri Ovozi Cherkovi — 1
  • Injil Jamiyati — 1

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash