Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor

"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan meʼmor" faxriy unvoni — milliy meʼmorchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq meʼmorchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlash sohasida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali meʼmorlarga beriladi[1][2][3][4].

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan me’mor“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi milliy meʼmorchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq meʼmorchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada meʼmorchilik yodgorliklarini taʼmirlash sohasida xizmat koʻrsatgan yuqori malakali meʼmorlarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

Tavsifi tahrir

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida zamonaviy meʼmorchilik inshooti fonida ioniy (meʼmoriy) order va qogʻoz varagʻi, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN MEʼMOR“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Sohiblari tahrir

Manbalar tahrir