Oʻzbekistondagi muzeylar

Oʻzbekiston muzeylari roʻyxati

Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan Oʻzbekistonda 90-yillardan keyin koʻplab muzeylar mamlakatning turli joylarida oʻz ishlarini boshladi, koʻplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital taʼmirdan chiqarildi.

Amaliy sanat muzeyi.

Tarixi

tahrir

Oʻzbekistonda muzeylarni yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning oʻzida juda koʻplab yangi muzeylar tashkil etildi masalan buyuk oʻzbek shoirlaridan biri Boborahim Mashrabning muzeyi Namanganda tashkil etildi, yana Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi, Urganch shahrida „Xorazm amaliy sanati va tarixi“ muzeyi, Buxoroda „Temirchlik muzeyi“, Samarqand viloyatida xalq kuychisi (baxshisi) Islom shoir Nazar oʻglining uy muzeyi tashkil etildi[1]. Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar oʻz ishlarini yoʻlga qoʻydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan Oʻzbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayolXadicha Sulaymonovamuzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turgʻunboyevamuzeyi, mashhur choʻpon, mehnat qahramoni Jonboy Bashmanovmuzeyi Navoiyning Tomdi tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi Muhiddin Rahimovmuzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston gidrometerologiya muzeyi,Salim Hamidovning uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi[2]. Eʼtiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda Osiyoda yagona boʻlgan Olimpiya shon shuhrati muzeyi ochilishi boʻldi, bu muzey Oʻzbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida koʻplab malumotlar beradi. Oʻzbekistonda muzeylar rivojiga 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan„Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisidagi“qonun juda katta ahamiyatga ega boʻldi, shundan keyin muzeylar davlat muhofazasiga olindi va muzeylarni yanada rivojlantirish haqida dastur ishlab chiqildi va ular davlat budjeti tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 1998-yilda Oʻzbekmuzey tashkiloti tashkil etildi va 1999-yilda muzeylar hayotidan xabar beruvchi Moziydan sado jurnali tashkil etildi. Bu jurnal uch tilda Oʻzbek, Rus va ingliz tilida chop etila boshlandi. 1999-yilda Oʻzbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga yetdi, ulardan 15 tasi tarix muzeyi, oʻlkashunoslik muzeylari soni 23 tani va 10 ta badiiy muzeylar, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylarini tashkil etildi. Oʻzbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar roʻyxatga olingan hisoblanadi masalan:Buxoro, Samarqand,Xorazm,Qoʻqon va boshqalar. Ayniqsa Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib har yili juda koʻp xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.

Hozirda Oʻzbekiston madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylar 1.350 ming eksponatga ega.

Manbalar

tahrir
  1. Muzeylar tariximiz koʻzgusi [sayt ishlamaydi]
  2. navoimuseum.uz Muzey haqida, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-21

Havolalar

tahrir