Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi


Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasiOʻzbekistonning Polshadagi rasmiy diplomatik va yagona vakolatxonasi boʻlib, Varshava shahridagi Kraski koʻchasidagi 21-binoda joylashgan. Elchixona 2003-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1]. 2019-yildan buyon hozirgacha Babaev Baxram Jalolovich Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimi oʻtab kelmoqda[2].

Oʻzbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Oʻzbekiston
Mezbon mamlakat Polsha
Manzili 02-804, Varshava, Kraski koʻchasi, 21-bino
Sayt Elchixona veb sayti

Polsha va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilk diplomatik munosabatlar 1992-yil 19-martda oʻrnatilgan[3].

Elchixona haqida

tahrir

Elchixona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi“gi 2004-yil 29-iyun 300-son qaroriga koʻra qayta tashkil etilgan[4].

Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi Polshadagi mahalliy, oʻzbek va xalqaro fuqarolarga keng qamrovli konsullik xizmatlarini koʻrsatadi.

Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi oʻzining konsullik xizmatlari orqali Polsha fuqarolariga yordam beradi va ular quyidagi holatlarni oʻz ichiga oladi[5]:

  • Oʻzbekiston iqtisodiyoti, madaniyati, sporti, taʼlimi va boshqalarga oid umumiy yoki maxsus maʼlumotlar zaruriyati boʻlganida;
  • Oʻzbekiston fuqaroligini olish talablari va jarayoni haqida maʼlumotlar zaruriyati boʻlganida;
  • Oʻzbekistondagi aniq aloqalar va maʼlumotlar zaruriyati boʻlganida;
  • Oʻzbekiston vizasiga murojaat qilishni va olish zaruriyati boʻlganida.

Manbalar

tahrir
  1. „Relacje dwustronne: Uzbekistan“. Gov.pl. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  2. „Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasining rasmiy veb-sayti“. Poland.mfa.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  3. „Страны, с которыми Узбекистан установил дипломатические отношения“. Mfa.uz. 2019-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr. (Wayback Machine saytida 2019-04-18 sanasida arxivlangan)
  4. „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasini Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi“gi 2004-yil 29-iyun 300-son qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  5. „Embassy of Uzbekistan in Poland“. embassy-worldwide.com. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.